Shamsulaimma Halvoniy (Halvoiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Shamsulaimma Halvoniy (Halvoiy)

Tavalludi

Vafoti

1058-yil

Falsafa maktabi


Shamsulaimma Halvoniy (Halvoiy) — (?—1058) — buxorolik alloma va muhaddis. Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solih Shamsulaimma al-Halvoiy al-Buxoriy buyuk muhaddis, ulkan faqih, mashkur mujtahid, valiyulloh boʻlgan. Unga „Shamsulaimma“, yaʼni Imomlar quyoshi degan unvon berilgan edi. Zarnujiyning „Taʼlim ul-mutaalim“ kitobida yozilishicha, Shamsulaimma Halvoniyning otasi faqir kishi bo‘lib, holvapazlik kasbi bilan rizq-ro‘zini topgan va farzandini tarbiya etgan. Shu sababli Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr ibn Solihga Halvoniy degan nom ham berilgan. As Samʼoniyning „Nasabnoma“ kitobida keltirilishicha, Shamsul-aimma fiqh ilmini Qozi Abu Ali Husayn ibn Hizr an Nasafiydan, hadis ilmini esa Abu Abdulloh al-G‘unjor al-Hofiz al-Buxoriy va Abu Sahl Ahmad ibn Muhammad al-Buxoriydan o‘rgangan. Shamsulaimma katta hajmli „Al Mabsut“, shuningdek, „Kitobi navodir“ va boshqa asarlar muallifidir. Zahabiyning „Siyaru aʼlomin-nubalo“ asarida yozilishicha, alloma Shamsulaimma al-Halvoiy hanafiylar peshvosi va o‘z diyorida raʼy tarafdorlarining raisi hisoblangan. Shamsulaimma Halvoniy haqida A.Sh. Juzjoniy oʻzining „Islom huquqshunosligi“ kitobida maʼlumot berib oʻtgan. „Tuhfat uz-zoirin“da asarida yozilishicha, Shamsulaimma 1058-yil Keshda vafot etgan[1]. Lekin uning jasadini Kesh shahridan Buxoroga olib keladilar va Buxoro shahri ichidagi Gulobodda dafn qiladilar. Juzjoniyning yozishicha, Shamsulaimmadan Faxrul islom Bazdaviy, Sadrul islom Abul-yusr, Shamsulaimma Bakr ibn Muhammad Zarajariy kabi ustozlardan taʼlim olgan. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Hazrat Halvoniyning jasadi Buxoro shahridagi Shoh Axsaviy jomeʼsining janubiy tomoniga qayta ko‘milgan. Mazkur masjid imom-xatibi Hoji Hayit Shirinov tashabbusi bilan bu ziyoratgoh obod qilingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.