Kontent qismiga oʻtish

Shakya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shakya, Sakya — qadimda kshatriylar oligarxik respublikasi va Janubiy Himolay etaklari (Nepal)dagi qabila. Kapilavastu Shakya respublikaning poytaxti boʻlgan. Budda anʼanasiga muvofiq, ShakyaMuni (Shakyatarki dunyo) laqabli buddizm asoschisi Siddhartha Gautama Shakya qabilasidan boʻlgan. Uning shahriga mansub dastlabki izdoshlari budda rohiblar jamoasining asosini tashkil etgan, shuning uchun Budda rohiblari koʻpincha Shakya deb ham atalgan (yana qarang Budda).