Shaharlararo telefon aloqa
Shaharlararo telefon aloqa — ogʻzaki axborotni bir shahardan ikkinchi shaharga uzatish va qabul qilish. Sim orqali uzatiladigan yoki radiosignallar orqali tarqatiladigan elektr signallari bilan amalga oshiriladi. Turli shaharlardagi abonentlar orasida soʻzlashishni taʼminlaydi. Shaharlararo telefon aloqa a. telefon styasidan qoʻlda, yarim avtomatik va avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qoʻlda ulashni telefon kommutatori bilan jihozlangan styalardagi telefonistlar amalga oshiradi (hozir kamdankam qoʻllanadi). Yarim avtomatik ulashda aloqa shaharlararo avtomatik telefon styalarda telefonist qatnashgan hodda amalga oshiriladi. Telefonistning ish joyida nomer tergich boʻlib, buyurtma qabul qilinganidan soʻng chaqiriladigan abonentning nomerini teradi, keyin abonentlarni ulash avtomatik amalga oshadi. Avtomatik ulashda abonent oʻz telefon apparatida boshqa shaharning kodini va abonent nomerini terib, u bilan toʻgʻridantoʻgʻri aloqa bogʻlaydi. Shaharlararo telefon aloqaa. shaharlararo avtomat telefon styalari (SHATS), avtomat kommutatsiya uzellari (AKU), ularni oʻzaro biriktiruvchi aloqa liniyalari majmuidan iborat. AKU shaharlararo kanallarni toʻgʻridantoʻgʻri (tranzit tarzda) ulaydi (yana qarang Telefon aloqa, Telefon stansiyasi, Telefon tarmoqlari).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |