Telefon aloqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Telefon aloqa — telefon apparati yordamida abonentlar oʻrtasida tovushli aloqa bogʻlashga imkon beradigan elektr aloka vositasi. Telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi, amalda istalgan masofa orasida, yer yuzidagi istalgan joy oʻrtasida tovushli aloka urnatishga imkon beradi. Shotland ixtirochisi A. G. Bell 1876 yilda birinchi elektrakustik qurilma — telefon ixtiro qilganidan gʻamda AQSH (NyuXeyven) da 1878 yilda birinchi telefon stya qurilganidan beri Telefon aloqa boshlangan. Oʻsha yili ingliz fizigi D. E. Yuz kumir uzakli mikrofon yaratdi. Amerikalik ixtirochi T. A. Edison (1847—1931) kup yillar mobaynida Telefon aloqani takomillashtirishga doyr ishlar olib bordi. Birinchi oddiy ATS loyihasini rus ixtirochisi K. Mossitskiy 1887 yilda taklif qildi. Murakkab ATS loyihasini 1893 yilda rus olimi M. F. Freydenberg ishlab chikdi. Birinchi xalkaro telefon liniyasi (Moskva — Peterburg) 1908 yilda ochildi, 1939 yilda dunyoda eng uzun koʻp karrali Telefon aloqa liniyasi (Moskva — Xabarovsk) ishga tushdi. Odimlab qidirgichli birinchi ATS 1947 y., koordinat ulagichli ATS 1960 y. joriy qilindi. 20-asr 60y.larida kvazielektron ATS, 70y.laridan boshlab elektron ATS amalda qoʻllana boshlandi. Oʻzbekistonda (Toshkentda) Telefon aloqa 1887 y. ishlay boshlagan, 1914 y. Toshkent sh. telefon tarmogʻi ishga tushgan. Respublikada dastlabki telefon styalar 1929 y. qurilgan, birinchi ATS 1932 y. ishga tushirilgan, dekadaodimli tizimdagi ATS 1956 y. qurilgan. Koordinat ATS 1974 y. paydo boʻlgan. Dastlabki shaharlararo Telefon aloqa Toshkent — Samarkand, Samarkand — Qoʻqon, Toshkent — Piskent, Toshkent — Toʻytepa liniyasida 1924 y. ochilgan. 20-asr 60y.laridan havo aloqa liniyalari astasekin yer osti kabellariga oʻtkazildi, shaharlararo Telefon aloqa uchun kabel liniyalari bilan bir qatorda radioreledan, 80y.lardan aloqa yoʻldoshlaridan foydalana boshlandi. Toshkentda dastlabki telefonavtomatlar (taksofonlar) 1935 yildan oʻrnatila boshlandi, birinketin boshqa yirik shaharlarda ham rayem boʻldi. 20-asr 90y.laridan raqamli va uyali telefon tizimi paydo boʻldi. Hozir respublika va jahonning barcha shaharlari bilan aloqa oʻrnatishga imkon beradigan xalkaro telefonavtomatlar mavjud. Respublikamizdagi barcha shaharlar orasida va xalqaro Telefon aloqa yoʻlga qoʻyilgan. Republikada Telefon aloqaga doyr barcha ishlar "Oʻzbektelekom" AK tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

Telefon aloqaning umumiy foydalaniladigan mahalliy, shaharlararo va xalkaro turlari bor. Mahalliy Telefon aloqa idoralararo va ichki (korxonalardagi, mas., dispetcherlik aloqasi), harakatdagi obʼyektlar bilan (mas., kosmik aloqa, poyezdlardagi aloqa, radiotelefon aloqa va boshqalar) va maxsus (mas., suv osti kemalari bilan aloqa) turlarga boʻlinadi. Tovushni kodlangan tarzda uzatsa boʻladigan (qarang Vokoder), xalqaro aloqa kabellari tarmogʻi, zich aloqa liniyasi apparatlari va boshqa mavjud. Uyali va rakamli Telefon aloqa borgan sari keng rayem boʻlib bormoqda (2004).