Sezgi organlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sezgi organlari - organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirotlarni qabul qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular organizm tashki va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So. organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik tufayli So. faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. Odamda koʻrish organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuygʻu organlari farq qilinadi. So. tarkibiga retseptorlar taʼsirlanganda qoʻzgʻalishga qobiliyatli sezgir nerv tolalarining uchi hisoblangan spetsifik nerv tuzilmalari kiradi. Har qanday sezgi organi faqat analizatorlarning periferik boʻlimi hisoblanadi (yana qarang Sezgi). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil