Kontent qismiga oʻtish

Sezen Aksu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sezen Aksu
Tavalludi 13-iyul 1954
Janrlar pop musiqa
Fuqaroligi Turkiya
Veb-sayt http://www.sezenaksu.com.tr

Sezen Aksu ( turkcha: Sezen Aksu Sezen Aksu, haqiqiy ismi Fatma Sezen Yildirim turkcha: Fatma Sezen Yıldırım Fatma Sezen Yildirim; 1954 - yil 13 - iyul ) - turk pop qoʻshiqchisi, prodyuseri va koʻplab qoʻshiqlar muallifi, Turkiyada va chet elda tanilgan.

Qoʻshiqchi 1954 - yilda Denizlida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlgan ota-onasi qizga Fatma Sezen ismini qoʻyishadi. Sezen uch yoshidaligida oilasi Izmirga koʻchib oʻtdi, uning bolaligi va yoshligi shu yerda oʻtdi[1]. Sezen Aksu faoliyatining boshida turkiyalik boʻlajak Eurovision gʻolibi Sertab Erener bilan ishlagan.

Aksu yaqin do‘sti Azda Pekjan bilan birga 1970-yillarda turk- pop musiqasiga asos solgan. U oʻsha payt bir vaqtning oʻzida nafaqat Turkiyada balki, Bolqon[2] va Gretsiyada ham mashhur edi. Aksu, shuningdek, Yevropa va Qoʻshma Shtatlar boʻylab gastrol safarlarida ham tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi.

Aksu faol siyosiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega. U Turkiyada konstitutsiyaviy islohot, ozchilik huquqlari, ayollar huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlaydi. U toʻrt marta turmushga chiqdi va ajrashdi, lekin ikkinchi nikohidagi hozirda Kanadada yashovchi geologiya fanlari doktori Ali Engin Aksu familiyasini saqlab qoldi. Uning Pist'on guruhining bosh vokalisti taxallusi Mithat ismli Sinan Oʻzerdan oʻgʻli bor.

  1. „Sezen Aksu Biyografi.info.“. web.archive.org (2016-yil 17-mart). 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-noyabr.
  2. „Goran Bregovic: Welcome to Bregovic“. The Guardian (2009-yil 21-iyul). 2022-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.