Seyalka
Seyalka (rus. seyat — ekmoq), ekkich — qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlar urugʻini muayyan chuqurlikda tekis ekish, ekinlarni oʻgʻitlash uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinasi. Ekish usuliga koʻra, katorlab, uyalab, urukni aniq tashlab (punktir) va sochib (oʻt urugʻi va oʻgʻitni) ekadigan turlarga bulinadi. Vazifasiga kura, chigit, sabzavot, poliz ekinlari, don (arpa, bugʻdoy, noʻxat, tariq, guruch va boshqalar), makkajoʻxori, bogʻdorchilik S.si farqlanadi. Traktorlar bilan ishlatish usuliga koʻra, S.lar tirkama va osma; ekish apparatlari tipiga koʻra, gʻaltakli va diskli; soshniklari tipiga koʻra, diskli va ankerli turlarga boʻlinadi. Barcha S.lar ishlash jarayoni va tuzili shi jihatdan oʻxshash boʻladi, urugʻni ekish chuqurligi, qator oralari, qatorlar soni va shakli boʻyicha birbiridan farqlanadi. Mas, chigit S.si chigitni qatorlab, kvadratuyalab va zichuyalab ekishga moslashtiriladi, sabzavot S.si urugʻni qatorli va lentali usullarda ekadi va hokazo. S, asosan, urugʻ solinadigan yashik, ekish apparati va soshniklardan iborat.
Oʻzbekistonda chigit, boshoqli don (arpa, bugʻdoy), sabzavot ekinlari (sabzi, piyoz, rediska va turp), kartoshka ekish, bogdorchilik (uzum, anor, anjir va boshqa mevali daraxt koʻchatlari ekish) S.lari ishlatiladi. "Oʻzbekqishloqmash" AJ da chigit ekish S.si (SMX4), paxtamakkajoʻxori S.lari (SMX3,6/4,2 va SMX5,4), qand lavlagi, makkajoʻxori, karam, baqlajon, yer yongʻoq, kunjut ekish uchun moʻljallangan pnevmomexanik S.lari (SXM40,4. SXM40401), don S.si (SMZ24), kartoshka S.si (KS2, KS4), mayda sabzavot ekinlari S.lari (HP.302, NR.300201); "Urganchozuqamash" AJ da chigitni anik, ekish S.si (STV8M), "Kimyoqishloqmash" AJ da chigitni ekish oldidan namlagich apparat (USN4) va boshqa ishlab chiqariladi.
Erta koʻklamda chigit endigina unib chiqqanda nihollarni sovuqdan asrash, qatqaloqning oldini olish maqsadida ekinzorlar ustiga plyonka yopish uchun moʻljallangan moslama (PRP4) ("Oʻzbekqishloqmash" AJ) S.lar SMX4, STX4, SCHX4 va SXU4 larga oʻrnatiladi. Barcha S.lar traktorlar bilan agregatlab ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |