Seul milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seul milliy universiteti is located in Seoul
Seul milliy universiteti (Seoul)

Seul Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan milliy tadqiqot universiteti. U Koreyaning eng nufuzli Milliy Universitetlaridan biri hisoblanadi[1].

Universitetning asosiy binosi Gvanakda, qoʻshimcha ikkita binosi esa Daehangno va Pxyonchxanda joylashgan. Universitet 16 ta kollej, 1 ta magistratura va 9 ta kasb-hunar maktabini oʻz ichiga oladi. Talabalar jamoasi 17 000 ga yaqin bakalavr va 11 000 magistrantdan iborat[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seul Milliy Universiteti (SMU) Choson sulolasi qiroli Gojong tomonidan turli taʼlim muassasalarining birlashishidan tashkil topgan. Keyinchalik universitet tashkil etilganidan soʻng, ularning bir nechtasi turli kollejlarga birlashtirilgan.

Mamlakatni rivojlantirish uchun Gojong zamonaviy oliy oʻquv yurtlarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Qirollik farmoni bilan 1895-yil 25-martda Beopkvan Yangseongso nomli yuridik akademiyaga asos solingan. U yerdan mashhur elchi Yi Tjoune bilan birga 209 nafar bitiruvchi yetishib chiqqan. Hanseong Sabeomhakgyo (1895-yil) oʻqituvchi tayyorlov maktabi va Euihakkyo (1899-yil) tibbiyot maktabi birinchi nufuzli kollejlardan hisoblanadi.

1897-yil Korea imperiyasiga asos solinganidan soʻng, oʻsha vaqtdagi imperator Gojong asosiy eʼtiborini zamonaviy taʼlim muassasalarini yaratishga qaratdi. U yerda 1899-yilda tibbiyot bilim yurti tashkil etildi. Bu maktab oʻz nomini bir necha marta Daehan Euiwon Gyoyukbu va Gyeongseong Euihak Jeonmunhakgyo (Gyeongseong tibbiyot kolleji) deb oʻzgartirdi va nihoyat Seul Milliy Universiteti Tibbiyot kollejiga aylantirildi. 1901-yilda „hamshiralik ishi“ boʻlimi tashkil etildi, bu esa keyinchalik hamshiralik kollejining ochilishiga turtki boʻldi.

Qayta joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, asosiy binosi (gumanitar fanlar va huquq kollejini qamrab olgan) Jongno tumanidagi Dongsung-dong shahrida edi. 1975-yil fevral oyida Gvanak tumanida yangi asosiy bino tashkil etilgandan soʻng, universitetning aksariyat qismlari 1975 va 1979-yillar oraligʻida yangi Gvanak binosiga koʻchirildi. Bu esa avvallari Gvanak golf klubi joylashgan joyda (1960-yillarning boshlarida tashkil etilgan va keyinchalik Kyonnggidagi Xvasonga koʻchirilgan) talabalar tomonidan qilingan noroziliklarni yoqtirmagan prezident Pak Chung Xining iltimosiga binoan boʻlgan edi[2][3]. Jongno-gu shahridagi binoning bir qismi hozir ham tibbiyot, stomatologiya va hamshiralik kollejlari tomonidan foydalaniladi va ayni vaqtda Yeongeon Kampus deb ataladi.


Universitetga qabul jarayonida raqobat juda yuqori. 1981-yildan 1987-yilgacha, abituriyentlar bir paytning oʻzida faqat bitta universitetga hujjat topshirishi mumkin boʻlgan vaqtda, hukumat tomonidan oʻtkazildigan yillik imtihondan eng yaxshi ball toʻplaganlarning 80% dan ortigʻi universitetga topshirildi, ammo ularning koʻpchiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Universitet 16 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 83 ta bakalavriat dasturlarini taklif qiladi[4]. Magistratura va doktorantura dasturlari uchun 5 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 99 ta dasturga ega boʻlgan bitta kollej faoliyat yuritadi. Undan tashqari, 12 ta magistratura taʼlim yoʻnalishlari ham mavjud[5].  


Gvanak kampusi, Seulning janubiy qismida joylashgan asosiy bino hisoblanadi. U yerga borish uchun metro stantsiyasida mahsus yoʻlak xizmat koʻrsatadi. Yongeon tibbiyot binosi Seul shimoli-sharqidagi Daehangno (University Street)da joylashgan. Hozirda foydalanilmaydigan Suvon qishloq xoʻjaligi binosi ilgari Suvon shahrida joylashgan va Sangnok (Evergreen Campus)nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Seuldan 40 km janubroqda joylashgan ushbu qishloq xoʻjaligi binosi 2004-yil kuz faslida Gvanak shahriga koʻchirilganligiga qaramay baʼzi tadqiqot ob’ektlari hali ham Suvonda olib borilmoqda.

Imkoniyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kutubxona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seul Milliy Universiteti kutubxonasi[6] Gvanakda joylashgan binoning 62-blokida, universitet maʼmuriy binosi orqasida joylashgan. Bosh kutubxonachi, gumanitar fanlar kollejining dinshunoslik professori, doktor Kim Jong Seo ushbu lavozimga 2009-yilda tayinlangan. 2015-yil fevral oyida Kvanjeong kutubxonasi ham qurib bitkazilganidan soʻng, kutubxonaning umumiy hajmi 57 747 kvadrat metrga yetdi. 2022-yil holatiga koʻra, kutubxona 5,2 million jild kitoblarni, 260 000 dan ortiq akademik va elektron jurnallarni hamda 230 000 dan ortiq shunga oʻxshash materiallarni oʻz ichida saqlab kelmoqda.


Kutubxona 1946-yilda „Seoul National University Central Library“ sifatida ochilgan hamda undagi jihozlar va kitoblar Kyungsung universitetiga oʻxshash qilib tartiblangan. 1949-yilda kutubxona nomi „Seoul National Universitety Library Annex“ ga oʻzgartirildi. 1975-yil yanvar oyida kutubxonaning asosiy filiali Gvanak kampusiga koʻchirilganida, u „Seoul National Universitety Library“ deb oʻzgartirilgandi, keyinchalik esa 1992-yilda „Seoul National Universitety Central Library“ deb qayta nom berildi.

Kyujanggak arxividagi tarixiy hujjat

Muzey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seul Milliy Universiteti Muzeyi [7] Gvanak binosida joylashgan. Muzey 1946-yil universitet bilan birga „The Seoul National University Museum Annex“ nomi bilan ochilgan. 1941-yilda qurilgan ikki qavatli Dongsung-dong binosi Seul Milliy Universitetiga topshirilguniga qadar Kyungsung Imperial Universiteti muzeyi boʻlib xizmat qilgan. Muzey 1975-yil Markaziy kutubxonaning oltinchi qavatiga koʻchirilganida, u „Seoul National Universiteti Museum“ deb qayta nomlandi. Muzey 1993-yilda Dongvon binosi yonidagi yangi qurilgan ob’ektga koʻchirildi va hozirgi kungacha foydalanib kelinmoqda. Uning direktori doktor Park Nak-gyu.

Yotoqxona[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil sentyabr oyidan beri Gvanaksa shahridagi binoda 1300 dan ortiq yotoqxona xonalari taʼmirlangan.

SMU yotoqxonasi Gvanaksa (gangejou) deb nomlanadi[8]. Bu yerda bakalavriat va magistratura talabalari hamda oilalar uchun yotoqxonalar mavjud. Yotoqxona 1975-yil avgust oyida tashkil etilgan vaqtda beshta talabalar va bitta oilaviy yotoqxonani oʻz ichiga olgan va u yerda 970 nafar erkak talaba yashagan. Ayollar yotoqxonasi esa 1983-yil fevral oyida tashkil etilgan. 2007-yil iyun oyiga kelib ushbu binoda 1 ta maʼmuriyat binosi, 2 ta oilaviy yotoqxona, 12 ta bakalavrlar uchun va 6 ta magistrantlar uchun turar joy binosi mavjud boʻlgan va ularda jami 3680 nafar talaba istiqomat qilgan. Janubiy Koreyadagi boshqa universitet yotoqxonalaridan farqli oʻlaroq, bu yerda komendantlik soati mavjud boʻlmagan.

Yeongeonsa yotoqxonasi SMU tibbiyot maktabi boʻlgan Yeongeon binosida joylashgan. Bu yotoqxona 533 ta bakalavriat talabalarini va 17 ta oilani joylashtirish imkoniga ega.

Talabalar matbuot tahririyat binosi

Taniqli bitiruvchilar va oʻqituvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Best Investment to SNU Students“. Useoul.edu (2010-yil 3-yanvar). 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-fevral.
  2. Park, Jin. 박진의 종로이야기 (korean). Star Books, 2015. ISBN 9791157954070. 2021-yil 19-noyabrda qaraldi. 
  3. Sang, Hojun. „박정희·노무현도 즐긴 태릉 골프장…"동대문 야구장 같은 곳"“ (korean). JoongAng Ilbo (2020-yil 25-iyul). 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  4. SEOUL NATIONAL UNIVERSITY. „Undergraduate“. 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  5. SEOUL NATIONAL UNIVERSITY. „Professional Graduate Schools“. 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
  6. „서울대학교 중앙도서관 | SNUL“. library.snu.ac.kr. 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
  7. „서울대학교 | 서울대학교박물관“. museum.snu.ac.kr. 2007-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-iyun.
  8. „Gwanaksa“. 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.