Sestodozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sestodozlar — sestodalar va ularning lichinkalari qoʻzgʻatadigan invazion kasalliklar (gelmintozlar). Odam va hayvonlarda uchraydi. Sestodalarning yetilgan (tasmalik) shakllari odam hamda hayvonlar ichagida yashaydi va urchiydi, ular tuxumi axlat bilan tashqi muhitga chiqadi va lichinka davri oraliq xoʻjayin (choʻchqa, hoʻkiz, baliq va boshqalar) tanasida kechadi. Sestoda lichinkalari — finnalari (qarang Finka) odamga chala pishirilgan baliq, qoramol goʻshtini isteʼmol qilganda oʻtadi. Ular odam ingichka ichagida jinsiy yetiladi va parazitlik qiladi. Sestodalarning exinokokk shakli odam va oʻtxoʻr hayvonlarning jigar, oʻpka, miya, koʻmik va h.k. aʼzolarida parazitlik qiladi. Yetuk sestodalar qoʻzgʻatadigan kasalliklar birmuncha yengilroq kechib, baʼzan hazm aʼzolari va nerv sistemasi faoliyati buziladi. Sestoda lichinkalari qoʻzgʻa-tadigan exinokokkoz, sistitserkoz, senuroz kabi kasalliklar ancha ogʻir oʻtadi. Kasallikning shakliga qarab davolanadi. Oldini olish uchun gusht mahsulotlarini yetarli pishirib isteʼmol qilish, uy hayvonlari (itlar) bilan yaqin muloqotda boʻlmaslik, oqar suvlar va oʻtloq joylarni ifloslan-tirmaslik, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasiga qatʼiy rioya kilish, bemorlarni toʻla-toʻkis davolash zarur.

Hayvonlarda avitellinoz, moniyezioz, senuroz, sistitserkoz, exinokokkoz va boshqa uchraydi. Ichak S.ida ovqat hazm qilish buziladi, exino-kokkozda jigar, oʻpka sohalarida ogʻriq paydo boʻladi, qoʻylar senurozida esa harakatni boshqarish buziladi. Kasal hayvonlar oʻsmaydi, ozadi. Kasallik antigelmintlar bilan davolanadi. Oldini olish va kurash choralari gelʼmintsizlantirish va veterinariyasanitariya qoidalariga rioya qilishdan iborat.