Finna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Finkadan yoʻnaltirildi)

Finna, finka — tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli lichinkalik bosqichlaridan biri. Oraliq xoʻjayinda parazitlik qiladi. F. pufakcha koʻrinishida boʻlib, uning ichida chuvalchang lichinkasining bitta yoki bir nechta boshchasi bor. F. oraliq xoʻjayinning har xil organlari (odatda, muskullar, jigar, miya, upka)da rivojlanadi. Asosiy xoʻjayin (odam yoki umurtqali hayvonlar) F.li organni yeb chuvalchangni yuqtiradi. F.dan asosiy xoʻjayin organizmida yetuk chuvalchang rivojlanadi. F.ning sistitserkoid (6 ilmokli boshcha), senur (bitta pufakda bir necha boshcha), exinokokk (bitta yirik pufakda 2, 3 va h.k. tartibdagi pufakchalar va ular ichidagi boshchalar), protserkoid va boshqa xillari boʻladi.