Serpuxov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SerpuxovRossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi. Oka daryosidagi pristan. Aholisi 136,5 ming kishi (1998). Shahar 14-asrdan maʼlum. 1341 — 1456 yillarda Serpuxov udel knyazligi markazi. Tosh kreml (16-asr oʻrtalari) qurilishi bilan Rus davlatining janubiy chegarasidagi muhim istehkom. 16—17 a.larda yirik savdo markazi. 1708 yildan Moskva guberniyey tarkibida, 1781 yildan uyezd shahri. 19-asr oʻrtalarida Moskva gubernyasining eng yirik toʻqimachilik markazi. Mashinasozlik va metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, elektromexanika, charm zavodlari, mebel va qogʻoz fabikalari, uysozlik kombinati bor. Bir necha ilmiy tadqiqot, oʻrta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud.

Meʼmoriy yodgorliklardan: Kreml devorlari (16-asr) va Troitsk sobori (17-asr), Vladichniy (16—17 a.lar) va Visotskiy monastirlari (16—17-asrlar) ansambllari, cherkovlar (17—18-asrlar), turar joy xos uylari (18—19-asrlar) saqlanib qolgan. S yaqinida — PriokskoTerrasniy qoʻriqhonasi faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil