Seroterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seroterapiya (lot. serum — zardob va terapiya) — kasalliklarni normal va immun zardoblar yordamida davolash usuli. S.da davo organizmda passiv immunitet hosil qilish — zardob tarkibidagi antitelolar yordamida mikroblar (toksinlar)ni zararsizlantirishga asoslanadi. Zardoblar hayvonlarni (koʻproq otlarni) immunlash yoʻli bilan olinadi. Shuningdek, S.ga tozalaigan va konsentrlangan geterogen (immunlangan hayvon zardobidan olingan) va gomologik (immunlangan yoki kasallanib, sogʻaygan odam zardobidan olingan) gammaglobulinpardan ham foydalaniladi. Immun zardoblar difteriya, botulizm, shuningdek, ilon, ari, baʼzi xasharotlar chaqqanda, gammaglobulin gripp, kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarni davolashda qullanadi. S. asoratlarining oldini olish uchun zardobni yuborishdan oldin (15—30 daqiqa, baʼzan 1—2 kun ilgari), uning ozrok, miqdori yuborib koʻriladi (yana qarang Immunoterapiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil