Seroprofilaktika
Seroprofilaktika (lot. serum zardob va profilaktika) — yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida organizmga normal va immun zardoblar yuborish usuli. Bunda 1—4 hafta davom etadigan passiv immunitet hosil boʻladi. Tibbiyot amaliyotida S. uchun gammaglobulin keng qullaniladi. S. epidemik kasalliklar (mas, qizamiq, koʻkyoʻtal)ga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar, shikastlanganda (qoqsholning oldini olish uchun), hayvonlar tishlaganda (quturishning oldini olish uchun) va h.k.da oʻtkaziladi. Infeksion gepatitga qarshi kurashishda rejali S. olib boriladi (yana qarang Immunoprofilaktika, Immunoterapiya, Immun zardoblar).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |