Sergiyev posad
Sergiyev posad (1925-30 yillarda Sergiyev, 1930—91 yillarda Zagorsk) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1925-yildan). Moskvadan 70 km shimoli-sharqdagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 98 ming 251 kishi[1]. Troitsa Sergiyev monastiri yonidagi qishloq va slobodalar (1340-yildan maʼlum; 1744-yildan Troitsa Sergiyev lavrasi) 1782-yildan birlashdi. Mashinasozlik, "Avtospetsoborudovaniye", elektromexanika, lokboʻyoq, optikamexanika, qurilish materiallari, kimyo zavodlari, trikotaj va mebel fabrikalari bor. Oʻyinchoqlar ishlab chiqariladi. Zotli tovuqlar boqiladi. Zootexnika, kino, oʻyinchoklar badiiysanoat oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻyinchoq muzeyi mavjud. Lavra hududida Moskva Diniy akademiyasi va seminariyasi, Vvedenskaya va Pyatnitskaya posad cherkovlari (16-asr), Pyatnitskiy qudugʻi (17—18-asrlar) bor.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://rosstat.gov.ru/storage/mediabank/%D0%A1hisl_MO_01-01-2024.xlsx
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |