Sergey Yesin
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Serhiy Oleksandrovych Yesin | ||
Tavallud sanasi | 2-aprel 1975-yil | ||
Tavallud joyi | Kerch, Soviet Union (now Ukraina) | ||
Boʻyi | 1.73 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992—2000 | Tavriya Simferopol | 194 | (13) |
2001—2002 | Metalist Kharkiv | 18 | (1) |
2002 | Sevastopol | 12 | (0) |
2003 | Navbahor Namangan | 12 | (1) |
2004—2005 | Tavriya Simferopol | 12 | (0) |
2005—2006 | Helios Kharkiv | 47 | (1) |
2006—2009 | Zakarpattia Uzhhorod | 82 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1996 | Ukraina | 2 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2009—2011 | Zakarpattia Uzhhorod (assistant) | ||
2011—2012 | Helios Kharkiv (assistant) | ||
2013—2015 | Helios Kharkiv | ||
2015 | Okean Kerch (assistant) | ||
2016 | Okean Kerch | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Oleksandrovich Yesin (ukraincha: Сергій Олександрович Єсін ; 1975-yil 2-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq futbolchi va hozirgi murabbiy[1].
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yesin Kerch shahrida tugʻilgan va katta futbol futbolga kirib kelguncha shu shahrning bolalar sport maktabiga borgan. Oʻsmirlik chogʻida Tavariya jamoasi maktabiga qoʻshilgan. Uning debyuti 17 yoshida Tvariya jamoasi tarkibida 1992-yilgi mavsumda Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga qarshi chempionlik oʻyiniga toʻgʻri keldi. Unda „Tavariya“ klubi haqiqiy sensatsiya yaratib, Kiyev jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi. Mustaqil Ukraina tarixidagi birinchi chempionga aylangan „Tavariya“ jamoasini taqdirlash vaqtida Sergey Yesinga chempionlik medallari berilmadi[2]. Sababi sifatida belgilanagn reglamentdagi uchrashuvlar va maydonda oʻtkazgan daqiqalari yetmagan deb koʻrsatildi[3]. Keyimgi mavsumda Chempionlar ligasida „Tavriya“ dastlab Irlandiya „Shelburn“ jamoasidan (Safarda 0:0, uy uchrashuvida 2:1 hisobida gʻalaba) muvaffaqiyatli oʻtgan bo‘lsa, keyingi turda Shveysariyaning „Sion“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi. (1:3, 1:4 Ikki uchrashuvda ham magʻlubiyat). Biroq Yesin bu uchrashuvlarning birortasida ham ishtirok etmadi. Tavriyaning navbatdagi muhim muvaffaqiyati 1993/94-yilgi Ukraina kubogi finalida ishtirok etish boʻldi. Unda Simferopol oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida „Chornomorets Odessa“ga yutqazdi[3].
Yesin Simferopolda oʻtkazgan oʻn yil davomida Ukraina chempionatida ikki yuzga yaqin oʻyin va kubokda oʻnga yaqin oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 1996-yilda u 1998-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichida Ukraina terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2000/01-yilgi mavsumning birinchi yarmi tugaganidan soʻng, tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli „Tavriya“ning asosiy tarkibidagi oʻrnini yoʻqotgan Yesin Xarkovning „Metalist“ taklifini qabul qildi[4]. Varkov jamoasi tarkibida taxminan toʻqqiz oy futbol oʻynadi, shundan boʻlsada avvalgi dxarajasini tiklay olmadi. 2002/03-yilgi mavsumni yangi tashkil etilgan jamoada boshlagan"Sevastopol", keyin esa Oʻzbekiston oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan va 2004-yilda oʻzining sobiq jamoasi „Tavriya“klubiga qaytgan boʻlsa-da, avvalgidek oʻynay olmagan.
Terma jamoadagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sergey Yesinning Ukraina terma jamoasidagi oʻyinlari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
№ | Sana | Stadion | Oʻyin | Hisob | Turnir | |||
1. | 05.10.1996 | "Olimpiyskiy" MSK, Kiev | Ukraina — Portugaliya | 2-1 | 1998-yilgi jahon chempionati saralash oʻyini | |||
2. | 09.11.1996 | "Estadio das Antash", Porto | Portugaliya — Ukraina | 1-0 | 1998 yilgi jahon chempionati saralash oʻyini |
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Jamoa kuboklari
- Ukraina kubogi finalchisi (1) : 1993/94
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1) : 2003
- Ukraina chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1) : 2008/09
- Ukraina chempionati birinchi ligasining kumush medal sovrindori (1) : 2006/07
- Ukraina chempionati ikkinchi ligasi „B“ guruhi gʻolibi (1) : 2004/05
- Shaxsiy yutuqlar
- Ukraina sport ustasi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „У керченского «Океана» — тоже новый главный тренер“. 4 липня 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5 лютого 2019.
- ↑ „Личные данные - Сергей Есин. Первый чемпион Украины по футболу“. sites.google.com. 11 жовтня 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentyabr 2016-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Serhiy Yesin is a head coach of „Okean“ (Sergey Yesin — glavniy trener „Okeana“). 7 March 2016
- ↑ „Я же напишу об игроке...“ (рос.). Офіційний сайт Сергія Єсіна. 2 травня 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3 травня 2014.