Kontent qismiga oʻtish

Sergey Lobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Lobov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Serafimovich Lobov
Tavallud sanasi 9-yanvar 1957-yil (1957-01-09) (67 yosh)
Tavallud joyi Murmansk viloyati, RSFSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975—1978 FC Zenit 5 (0)
1979—1980 Dinamo (Leningrad) 45 (1)
1980—1981 Shinnik 15 (0)
1981 Stroitel (Cherepovets) 29 (1)
1982—1983 Zvezda Jizzax 61 (4)
1984 Geolog 5 (0)
1985 Spartak (Tambov) 19 (0)
1988 Burevestnik (Gatchina) - (-)
1993—1995 Gatchina 63 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Serafimovich Lobov (ruscha: Лобов, Сергей Серафимович; 1957-yil 9-yanvar, Kandalaksha, Murmansk viloyati, SSSR) – sovet va rus futbolchisi, himoyachi, murabbiy.

1975 yildan professiona futbol oʻynay boshlagan. Faoliyatidagi dastlabki jamoasi Leningradning Zenit jamoasi boʻlgan. Sergey asosiy jamoadagi debyutini 1977-yil 24-sentyabrda, Moskvaning „Dinamo“ klubiga qarshi uy uchrashuvida oʻtkazgan va 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Sergey klub safida 1977-yilda 4 ta, 1978-yilda esa bitta oʻyin oʻtkazgan.

1979—1985-yillarda u „Dinamo Leningrad“ (1979—1980), Shinnik Yaroslavl (1980—1981), „Stroitel Cherepovets“ (1981), „Zvezda Jizzax“ (1982—1983), „Geolog“ (1983), „Spartak“ Tambov (1985) jamoalarida quyi ligada oʻynagan.

Keyinchalik Sergey Leningrad viloyati chempionatida ishtirok etgan Gatchinaning „Burevestnik“ jamoasida oʻynovchi murabbiy va futbol murabbiy boʻlgan[1][2].

1993—1995-yillarda FC Gatchina tarkibida ikkinchi va uchinchi ligalarda oʻynagan.

  • Profil FootballFacts.ru saytida