Gatchina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gatchina (1923-29 y.larda Trotsk, 1929—44 y.larda Krasnogvardeysk) — RF Leningrad viloyatidagi shahar (1796 y.dan). Sankt-Peterburgdan 45 km jan.gʻarbdagi t. y. tuguni. Sankt-Peterburg — Pskov avtomobil yoʻli yonida. Aholisi 81,3 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, mebel f-kasi, oʻlkashunoslik muzey i bor. G. 1499 y.dan Xotchino qishlogʻi sifatida maʼlum. 18-a. boshida G. — malika Natalya Alekseevnaning , 1765 y.dan graf G. G. Orlovning mulki (uning davrida saroy-park ansambli qurilishi boshlangan). 1783— 96 y.larda knyaz Pavel Petrovich (imperator Pavel 1), 1881—83 y.larda imperator Aleksandr III qarorgohi. 18-a. Saroy-park majmuasi, Priorat saroyi (1798—99), Saroy parki va b. parklar saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil