Sergey Krot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Konstantinovich Krot (1980-yil 27-iyun, Osipovichi, Mogilev viloyati) — belaruslik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan, hozirda murabbiy. Belarus Respublikasining futbol boʻyicha sport ustasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osipovichi yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar futbolida u 1998-yilda Svisloch-Krovlya (Osipovichi) klubida oʻynay boshlagan. 1998-yilda oʻz klubi bilan Belarus birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1999-yilda bir mavsumni oliy ligada oʻtkazishgan. Umuman olganda, u Osipovichi klubida uch yarim mavsum davomida oʻynagan.

2001-yilning yozida u BATEga oʻtgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan. U BATE tarkibida Belarus kubogida bor yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan — 2001-yil 26-avgustda Minsk SCAFga qarshi bahsda maydonga tushgan[1]. Keyin u ikki yarim mavsumni Darida jamosida oʻynagan, 2002-yilda u birinchi liga gʻolibiga aylangan.

Krot 2005-yilgi mavsumni „Shaxtyor“da (Salihorsk) boshlagan, mavsum oxirida Belarus chempioniga aylangan, ammo yozgi tanaffusda u Minskning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. „Lokomotiv“ bilan 2006-yili oliy ligadan tushib ketgan. 2007-yilgi mavsumda u „Shaxtyor“ jamoasiga qaytgan va oʻsha yili chempionatning bronza medali sohibiga aylangan. 2009-yil boshida Sergey Smorgon jamoasiga oʻtgan. Lekin mavsum oxirida uning jamoasi oliy ligadan tushib ketgan.

2009-yilning yozida u "Nasaf" jamosiga oʻtgan va u bilan Oʻzbekiston chempionatining ikki karra bronza medali sohibiga aylangan (2009, 2010) va OFK kubogi oʻyinlarida qatnashgan. 2010—2011-yilgi mavsumda „Al-Ahed“ klubi bilan Livan chempioni boʻlgan va Osiyo kuboklarida ham ishtirok etgan.

Vataniga qaytgach, u faqat birinchi va ikkinchi liga klublari — SKVICH, Slutsk, Smorgon, Gorodeya, Baranovichi, Molodechnolarda oʻynagan. 2013-yilda u 16 ta gol bilan birinchi liga toʻpurari boʻlgan. U 2016-yilgi mavsumning bir qismini Latviya oliy ligasi autsayderi „Daugavpils“ tarkibida oʻtkazgan.

2020-yilda u ikkinchi liganing Ostrovets jamoasiga qoʻshilgan hamda mavsum davomida jamoaga bosh murabbiy boʻlgan[2].

Hammasi boʻlib Belarus oliy ligasida u 122 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan, birinchi 200 ta oʻyinda maydonga tushib, 70 ta gol urgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „СКАФ 0 : 6 БАТЭ“. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  2. „Сергей Крот возглавил ФК «Островец»“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.