Sergey Isheev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Vladimirovich Isheev
Tavalludi 2-sentyabr 1959-yil
Termiz, Surxondaryo viloyati, O‘zSSR, SSSR
Vafoti 7-aprel 2003-yil (43 yosh)
Grozniy, Checheniston, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari KGB SSSR, SNB FSB Rf
Xizmatdagi yillari 1986—2003
Unvoni Podpolkovnik Podpolkovnik
Harbiy  qism Tula viloyati bo‘yicha UFSB
Jang/urush Ikkinchi Chechen urushi
Mukofotlari Jasorat ordeni

Sergey Vladimirovich IsheevRossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati podpolkovnigi, Ikkinchi Chechen urushi paytida xizmat burchini bajarish vaqtida olamdan o‘tgan, „Jasorat“ ordeni sohibi bo‘lgan (vafotidan keyin).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Vladimirovich Isheev 1959-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Termiz shahrida SSSR Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisi oilasida tavallud topgan. 1976-yilda Toshkentdagi 53-sonli o‘rta maktabni tamomlagan, so‘ngra Kiev shahriga jo‘nab ketgan va u yerda Kiev fuqaro aviatsiyasi muhandislari institutiga (hozirgi Ukraina Milliy aviatsiya universiteti) o‘qishga kirgan. Isheev oʻqishni tamomlagach, Toshkentga qaytib keldi va u yerda Toshkent birlashgan aviatsiya otryadining 5-sonli ustaxonasida muhandis boʻlib o‘z faoliyatini olib bordi[1].

1986-yildan SSSR davlat xavfsizlik organlari xizmatida, O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatida uch yil xizmat qildi. 1994-yilda u Rossiyaga ko‘chib o‘tdi va u yerda dastlab Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Murmansk viloyati bo‘yicha boshqarmasida xizmat qildi. 1997-yilda u Tula shahriga yuborildi, Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. 2000-yildan beri u Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Tula viloyatidagi Yasnogorsk bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2001-yilda u dastlab direksiya bo‘limlaridan birining boshlig‘i bo‘lgan. Keyin esa Rossiya FSBning Tula viloyatidagi Novomoskovsk viloyati boshqarmasini boshqargan[1].

2003-yil 27-martda podpolkovnik Sergey Vladimirovich Isheev Shimoliy Kavkazdagi aksilterror bosqin bo‘layotgan hududga jo‘natildi. 2003-yilning 7-aprelida Isheev bir guruh hamkasblari bilan bo‘lgan avtomobil ayirmachilar tomonidan o‘rnatilgan portlovchi qurilma tomonidan portlatilgan va ichkaridagi barcha kishilar halok bo‘lgan[2].

Sergey Isheev Tula viloyati Novomoskovsk shahridagi shahar qabristoniga dafn etilgan. Qabrda doimiy ravishda xotira tadbirlari o‘tkaziladi[3].

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoni bilan podpolkovnik Sergey Vladimirovich Isheev vafotidan so‘ng „Jasorat“ ordeni bilan bundan tashqari, u FSBning 3-darajali „Kontrrazvedkadagi xizmatlari uchun“ idoraviy belgisi, 2 va 3-darajali „Harbiy xizmatdagi faolligi uchun“ medallari bilan mukofotlangan[1].

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yasnogorsk shahrida Isheev sharafiga ko‘chaga nom berildi va memorial lavha o‘rnatildi[4].
  • Rossiya FSBning Novomoskovsk shahar boshqarmasi xodimlari ro‘yxatiga abadiy tarzda kiritilgan.
  • Har yili Novomoskovskda Isheev xotirasiga bag‘ishlangan voleybol musobaqalari o‘tkaziladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „60 лет со дня рождения подполковника ФСБ Сергея Владимировича Иншева.“ (ru). Новомосковская районная библиотека.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  2. Мельник Р. „В Тульской области погоны вручили дочери офицера, трагически погибшего в Чечне.“ (ru). Первый канал. (2006-yil 2-sentyabr). 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  3. „Вечная память герою Ишееву.“ (ru). Новомосковск сегодня.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  4. „В Ясногорске увековечили имя погибшего чекиста.“ (ru). Комсомольская правда. (2014-yil 19-noyabr). 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  5. „Памяти Ишеева.“ (ru). Новомосковская правда.. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.