Serer xalq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Serer — Senegal Respublikasining Diurbel shahri yaqinida va Dakar shahri janubi-sharqidan oʻtuvchi Nielumole daryosining quyi oqimida yashovchi xalq; Senegalda yashovchi ikkinchi yirik etnik guruh. Taxminan 32 ming kishi ham Gambiyada yashaydi. Umumiy soni 1,9 million kishidan ortiq.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim fikrlarga koʻra, Serer xalqi afsonaviy gangara xalqi avlodlaridir, VIII asrda ular soninke tomonidan istilo qilingan[1]. Boshqa bir taxminlarda, jamoa XI asrda Mavritaniya janubida shakllangani aytiladi. Almoravidlarning bosimi ostida Senegal daryosining janubiga koʻchib oʻtgan hamda fulbalar bilan hamkorlikda 1186-yilda Valo davlatiga asos solgan[2]. Keyinchalik ular Senegalning quyi oqimiga koʻchib oʻtib, Fulbedan mustaqil ravishda Sin va Salum mustaqil davlatiga asos solgan. XIX asrning 2-yarmida marabotlar harakati taʼsirida xalq orasida islom dini tarqalgan[3].

Oila qadriyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr oʻrtalariga qadar sulola onalar bilan belgilanar edi. 1939-yil maʼlumotlariga koʻra, katta boʻlinmagan matrilineal oilalarni (ndokya) ona tarafidan dalalar va chorva mollariga egalik qilgan erkaklarning kattalar boshqargan. Har bir oilaning oʻz nomi boʻlib, oila ichida nikoh taqiqlanadi. Boshqaruv oqsoqollar kengashiga tegishli.

Tili va madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serer tili Niger-Kongo tillari makro oilasining Atlantika oilasiga mansub. Sererlarning bir qismi volof tilida gaplashadi. Diniy mansublik: anʼanaviy eʼtiqod tarafdorlari, musulmonlar. Ajdodlar madaniyatining Oliy xudo Shoxga ibodat qilishni targʻib etuvchi madaniyat — pangol ham ancha rivojlangan[4]. Asosan, yerga ishlov berish qishloq xoʻjaligi (yeryongʻoq, tariq, sholi), qirgʻoqboʻyida — baliqchilik; yeryongʻoq plantatsiyalarida korandalik bilan shugʻullanishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Серер // Народы и религии мира: Энциклопедия / Гл. редактор В. А. Тишков;. — М.: Большая российская энциклопедия, 1999. — С. 899. — ISBN 5-85270-155-6.
  2. Серер // Народы мира. Энциклопедия / под науч. ред. Л. М. Минца; науч.-ред.совет: А. О. Чубарьян, А. А. Фурсенко и др. — М. : ОЛМА Медиа Групп, 2007. — 640 с. — ISBN 978-5-373-01057-3.
  3. Сереры (серер) // Самойловка — Сигиллярии. — М. : Советская энциклопедия, 1955. — С. 580. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 38).
  4. Серер // Народы и религии мира: Энциклопедия / Гл. редактор В. А. Тишков;. — M.: Большая российская энциклопедия, 1999. — Andoza:Бсокр. — ISBN 5-85270-155-6.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]