Senegal (daryo)
Jump to navigation
Jump to search
Senegal — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Senegal, Mavritaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi Bafing irmogʻidan boshlab 1430 km, havzasining maydoni 441 ming km². Yuqori qismida serostona, sharshara koʻp. Quyi qismida tekislikdan oqadi va Atlantika okeaniga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m³/sek., sent. oyida suvi koʻpayadi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi. Kayes shahrigacha kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Kayes (Mali), Podor. Matam, Bakel (Senegal) va SenLui porti.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |