Sentriol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sentriol (lot. centrum, yun. kentrom — markaz, oʻrta nuqta) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasining membranasiz organoidi. S.ni ingliz mikrobiologi F.Fleming kashf etgan (1875). S. Golji apparata yoniga joylashgan; diploid hujayralarda bir juft boʻlib, diplosoma deyiladi. S.dan biri yetuk (onalik), 2-si yetilmagan (qizlik) boʻladi. Kizlik S. ona S.ning kichik nusxasi hisoblanadi. Interfazaning sintez yoki undan keyingi davrida S. 2 hissa ortadi. Mitoz profazasida diplosomalar bir-biridan itarilib, mitoz dukini hosil qiladi. Poliploid hujayralarda S.lar soni xromosomalar toʻplami soniga mos keladi. S. yuksak oʻsimliklar, baʼzi zamburugʻlar, suvoʻtlar va ayrim sodda hayvonlarda boʻlmaydi. S. naysimon tuzilgan; uning devori 9 triplet mikronaychalardan iborat.