Hujayra markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hujayra markazi, sentriol (lotincha: sepspit, yun. kepGgop — oʻrta nuqta, markaz) — hayvonlar va ayrim oʻsimliklar hujayrasi organoidi. asosiy vazifasi boʻlinayotgan hujayra qutblarini belgilash. Hujayra markazi silinr shaklidagi 2 ta kichik boʻlakchadan tashkil topgan; biri ikkinchisiga nis-batan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi. Hujayra markazi har biri 3 ta mikronay-chadan iborat 9 ta bogʻlamni oʻz ichiga oladi. Hujayra markazi — sitoplazmaning oʻzidan-oʻzi koʻpayadigan organoidi. Koʻpayishi oqsil kichik boʻlakchalarining oʻzi-oʻzini yigʻish jarayoni orqali amalga oshadi. Hujayra markazi hujayraning boʻlinishida muhim ahamiyatga ega. Undan boʻlinish duklari oʻsa boshlaydi.

Organizmning rivojlanish jarayonida Hujayra markazining joylashishi va shakli oʻzgarib turadi. Hujayraning boʻlinishi tamom boʻlgach hosil boʻlgan har bir yangi hujayra bir juftdan Hujayra markaziga ega boʻladi. Hujayra markazining notoʻgʻri boʻlinishi patologik holatga sabab boʻladi. Hujayra markazi gulli oʻsimliklarda boʻlmaydi.