Semyon Subbotin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Semyon Matveyevich Subbotin
Tavalludi 1889-yil
Soroki, Bessarabiya viloyati, Rossiya imperiyasi yoki Bessarabiya viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1948-yil
Тoshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi

 SSSR

Moldaviya ASSR
Ish joylari
  • Oʻzbekiston milliy universiteti
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi
Taʼlimi Bazel universiteti

Semyon Matveyevich Subbotin (asl familiyasi Sabsovich; 1889, Soroki, Bessarabiya viloyati — 1948, Toshkent) — oʻzbek sovet gigiyenisti, tibbiyot olimi, sogʻliqni saqlash tashkilotchisi, professor (1938).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yilda Soroka shahrida don, un, non va tamaki bargini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Moyshe Shimonovich Sabsovich oilasida tug‘ilgan[1].

Bazel universitetining tibbiyot fakulteti bitiruvchisi (1914)[2]. Bessarabiya viloyatining Soroka shahrida tibbiy amaliyot bilan shug‘ullangan[3]. „Subbotin“ taxallusi bilan 1917-yil fevral va oktabr inqiloblarida qatnashgan, 1918-yilda RKP (b) (Rossiya Kommunistik partiyasi (bolsheviklar)ga qo‘shilgan[4].

1917-yil fevral oyida Soroka shahar ishchi va askarlar deputatlari kengashining birinchi raisi etib saylangan[5][6].

1918-yil mart oyida Ruminiya tomonidan qo‘shib olingan Bessarabiyada partizan harakatida qatnashgan, so‘ngra Dnestrning chap qirg‘og‘iga ko‘chib o‘tgan. 1924-yilda Moldaviya ASSR tashkil etilishi bilan uning birinchi Sog‘liqni saqlash xalq komissari etib tayinlangan. Moldaviya ASSR rahbariyatidagi partiyaviy tozalashlardan so‘ng Semyon Matveyevich Subbotin Toshkentga ko‘chib kelgan va bu yerda 1930-yilda O‘rta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetida ijtimoiy gigiyena kafedrasini tashkil etib1933-yilgacha unga rahbarlik qilgan[7].

1933-1937-yillarda Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakulteti fiziologiya, patologiya va mehnat salomatligi kafedrasi professori (1935-yilda Toshkent tibbiyot institutiga aylantirilgan).

1936-yildan Toshkent tibbiyot institutining ijtimoiy gigiyena kafedrasida maktab gigiyenasi kursidan dars bera boshlagan.

1938-yilda Toshkent tibbiyot institutida bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasini tashkil qilib unga 1948-yilgacha rahbarlik qilgan.

Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasini ishlab chiqish boʻyicha loyixa komissiyasi aʼzosi, Toshkent shahar Kengashining sogʻliqni saqlash boʻlimi byurosi aʼzosi boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Metricheskie zapisi dostupni na sayte evreyskoy genealogii JewishGen.org. Familiya v raznix dokumentax zapisana kak „Sabsovich“ i „Sapsovich“.
  2. „Кафедра гигиены детей, подростков и питания“. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  3. Subbotin — volniy perevod familii Sabsovich.
  4. Kafedra gigieni detey, podrostkov i pitaniya (istoriya)
  5. „Политические пристрастия“. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  6. „Rabotniki sorokskogo zdravooxraneniya“. 2022-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  7. „Мой Ташкент“. 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.