Semizoʻtdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semizoʻtdoshlar, (Portulacaceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Oʻtlar, kamdankam butacha va yarim butalar. Gullari ikki jinsli: kosachasi ikkiga boʻlingan, gultojbarglari besh, baʼzan 4—9 ta, changchilari koʻp, ustunchasi bitta. Barglari koʻpincha seret, yonbargchali. Meva tugunchasi ustki yoki yarim ostki; koʻsakchasi koʻp urugʻli. Yer yuzida keng tarqalgan. Ikxala yarim sharda 30 turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Asosan, issiq va moʻʼtadil hududlarda uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi oʻsadi. Portulaca grandiflora turi manzarali oʻsimlik sifatida koʻp ekiladi. S.ning baʼzi turlari isteʼmol qilinadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil