Scrubs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Scrubs
Turi vaziyat komediyasi
komediyaviy drama
Muallif(lar) Bill Lawrence
Rollarda Zach Braff
Sarah Chalke
Donald Faison
Ken Jenkins
John C. McGinley
Judy Reyes
Neil Flynn
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Qismlar soni 139
Qism davomiyligi 22 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal NBC
Translyatsiya davri 2-oktabr 20012008 (anonslarga koʻra)

Scrubs — yosh shifokorlarning ishi va hayotiga bagʻishlangan komediyaviy/komediyaviy-dramatik amerikan televizion seriali (sitkom). Serial Bill Lawrence tomonidan yaratilgan boʻlib, «Touchstone Television» telekompaniyasi tomonidan produsyerlangan.

Serial premyerasi 2-oktabr 2001-yili NBC kanalida boʻlib oʻtgan. Shouni suratga olish jarayonlari hozirgi kunga qadar davom etmoqda. 2007-yil, 25-oktabr kuni NBC kanalida serialning oxirgi, yettinchi epizodining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Qahramonlar va aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.
Fayl:Scrubs cast 2.jpg
Serialning bosh qahramonlari (chapdan oʻngga): Cox, Farrosh, Elliot, J.D., Turk, doktor Kelso, Carla
  • Doktor John Dorian (Jon Dorian yoki shunchaki "J.D.", aktyor Zach Braff — tibbiyot kollejini endigina tugatgan va serial boshlanishida «Sacred Heart» klinikasiga intern sifatida kelgan yosh shifokor. Uning soʻzlaridan bayonot olib boriladi.
  • Doktor Christopher Duncan Turk (Kristofer Dunkan Tyork, aktyor Donald Faison) — jarroh, John Dorianning eng yaqin doʻsti. Ular tibbiyot maktabida birga oʻqishgan, kollejdagi oʻqish paytida bir xonada yashashgan va bir klinikaga ishga kirishgan.
  • Doktor Elliot Reid (Elliot Rid, aktrisa Sarah Chalke) — yana bir yosh shifokor. U Turk va J.D. bilan ularning birinchi ish kunida tanishadi. Tez orada doʻstlashishadi. Bundan tashqari, serial boshlanishidan oz oʻtmay Elliot va J.D. orasida romantik munosabatlar paydo boʻladi va ular u yoki bu holda butun serial davomida oʻzlari haqida eslatib turishadi.
  • Carla Espinosa (Karla Espinosa, aktrisa Judy Reyes) — klinikaning bosh hamshirasi, u katta ish tajribasiga ega va atrofdagilarga maslahat berishni yaxshi koʻradi. U Dorian, Turk va Elliotga yangi ish joyida moslashishga yordam beradi va tez orada ular doʻstlarga aylanadilar. Uchinchi mavsum oxirida Carla va Turk turmush qurishadi, vaqt oʻtib farzandli ham boʻlishadi.
  • Doktor Percival «Perry» Cox (Persival Koks, «Perri». Aktyor John C. McGinley) — klinikaning eng tajribali shifokorlaridan biri, keyinchalik — ordinaturaning boshligʻi. Ogʻir feʼl-atvoriga qaramay, Cox vaqti-vaqti bilan J.D., Turk va Elliotga qiyin vaziyatlardan chiqishda yordam beradi. John Dorian uni oʻzining murabbiysi, oʻzini esa — uning protejesi deb hisoblaydi.
  • Doktor Robert Kelso (Robert «Bob» Kelso, «Bob». Aktyor Ken Jenkins) — klinikaning bosh shifokori, doimo Cox bilan kelishmovchiliklari bor. Klinika xodimlari orasida oʻzining ularga boʻlgan munosabati tufayli mashhur emas.
  • Farrosh (aktyor Neil Flynn) — tibbiyotga aloqasi boʻlmagan yagona bosh qahramon, ammo u vaqti-vaqti bilan sujet rivojiga taʼsir qiladi.

Ikkinchi darajadagi rollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Robert Maschio — Dr. Todd Quinlan (Doktor Todd Kuinlen) — jarroh (85 ta epizod)
  • Aloma Wright — Laverne Roberts (Lavern Roberts) — hamshira (77 ta epizod)
  • Christa Miller — Jordan Sullivan (Jordan Sallivan) — doktor Coxning sobiq xotini, klinika direktorlar kengashining aʼzosi (65 ta epizod)
  • Sam Lloyd — Theodore «Ted» Buckland (Teodor «Ted» Baklend) — gospitalning attorneyi (62 ta epizod)
  • Johnny Kastl — Dr. Doug Murphy (Doktor Dag Myorfi) — patologoanatom (41 ta epizod)
  • Travis Schuldt — Keith Dudemeister (Keyt Dudemeyster) — klinika xodimi (22 ta epizod)
  • Charles Chun — Dr. Wen (Doktor Ven) — jarroh (20 ta epizod)
  • Michael Hobert — Lonnie (Lonni) — klinika xodimi (14 ta epizod)
  • Scott Foley — Sean Kelly (Shon Kelli) (11 ta epizod)
  • Tara Reid — Danni Sullivan (Denni Sallivan) — Jordanning singlisi (11 ta epizod)
  • Heather Graham — Dr. Molly Clock (Doktor Molli Klok) — psihiatr (9 ta epizod)
  • Elizabeth Banks — Dr. Kim Briggs (Doktor Kim Briggs) — urolog (8 ta epizod)

Mavsumlar va epizodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Seriyalar soni Namoyish boshlanishi Namoyish tugashi
1 mavsum 24 2-oktabr 2001 21-may 2002
2 mavsum 22 26-sentabr 2002 17-aprel 2003
3 mavsum 22 2-oktabr 2003 4-may 2004
4 mavsum 25 31-avgust 2004 10-may 2005
5 mavsum 24 3-yanvar 2006 16-may 2006
6 mavsum 22 30-noyabr 2006 17-may 2007
7 mavsum 18 25-oktabr 2007 2008

Saundtrek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial turli xil yoʻnalishlardagi musiqaga boy. Serialning bosh mavzusi Lazlo Bane guruhi tomonidan ijro etilgan va dastlab «All the Time In the World» albomida chiqarilgan «Superman» kompozitsiyasidir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]