Saylov kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saylov kodeksi—25.06.2019-yilda qabul qilingan[1].

Saylov kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.[2]

Tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur kodeks 18-bob, 103-moddadan iborat boʻlib:

  1. Umumiy qoidalar
  2. Saylov okruglari va uchastkalari
  3. Saylov komissiyalari
  4. Saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish
  5. Saylov byulleteni
  6. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari
  7. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi
  8. Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini roʻyxatga olish, ularning huquqiy maqomi
  9. Saylovoldi tashviqoti
  10. Ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish
  11. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov
  12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining oʻziga xos xususiyatlari
  13. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining oʻziga xos xususiyatlar
  14. Senatni shakllantirish tartibi
  15. Mahalliy Kengashlarga saylovning oʻziga xos xususiyatlari
  16. Saylov natijalarini aniqlash va eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish)
  17. Saylovni moliyalashtirish
  18. Yakunlovchi qoidalardan iborat.

Prinsplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • umumiy saylov huquqi,
  • teng saylob huquqi,
  • toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi
  • yashirin ovoz berish orqali oʻtkaziladi.
  • Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishdagi ochiqlik va oshkoralik prinsplariga boʻlinadi.

mazkur yuqoridagi prinsplarga asoslangan holda saylov jarayonlari faoʻliyatini tashkil etiladi va olib borilishi uchun qonuniy asos hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „saylov.uz“. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  2. „Lex.uz“ (25.06.2019 yil). Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.