Sayfuddin Aziziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayfuddin Aziziy
Tavalludi 1915
Vafoti 2003
Fuqaroligi Xitoy, SSSR va Second East Turkestan Republic
Kasbi Siyosatchi
Faoliyat yillari 1945-1998
Partiyasi KP (b) va XKP

Sayfuddin Aziziy (1915-yil 12-mart — 2003-yil 24-noyabr), Seypidinlik Azizi, Sayf al-Din ʻAziz, Sayfuding Aizezi va Sayfuding nomlari bilan ham tanilgan, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatining birinchi rahbari.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayfuddin Aziziy 1915-yil 12-mart kuni Sinszyan-Uygʻur avtonom rayonining shimolida joylashgan Ili-Qozoq avtonom okrugi markazi Chuguchak (Tachen) da tugʻilgan[1].

Yana bir maʼlumotga koʻra Sayfuddin Azizov  asli Uygʻuriyaning shimoliy-gʻarbidagi Qizilsuv-Qirgʻiz avtonom okrugi markazi Artushdan boʻlgan.

Sayfuddin Azizov dastlab uygʻur maktabida oʻqigan, soʻngra SSSR ga koʻchib oʻtgan va KPSS safiga kirgan. U bir muddat Toshkentda yashagan va Oʻrta osiyo politexnika institutida taxsil olgan[2]. Sayfuddin Aziziy 1945-1948-yillarda Alixon Toʻra Sogʻuniy prezidentlik qilgan Sharqiy Turkiston Inqilobiy Respublikasi hukumati tarkibida maorif vaziri boʻlib ishlaydi. Sayfuddin Aziziy Sharqiy Turkiston Inqilobiy Respublikasi delegatsiyasiga rahbar boʻlib Xitoy Xalq Respublikasini tuzish uchun toʻplangan maslahat kengashda ishtirok etish uchun Pekinga keladi. U bir komunist sifatida XXR ning tuzilishiga rozilik bergan edi. Aziziy sovet agenti sifatida Shinjonga qaytib keladi va Shinjonning shimoli-g‘arbidagi Xitoy Respublikasi hukumatiga qarshi Sovetlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ili qo‘zg‘olonida faol qatnashadi. 1945-1948 yillarda Ikkinchi Sharqiy Turkiston Respublikasining Maorif vaziri, qoʻzgʻolonchi — Gomindan koalitsiyasi hukumatida Maorif komissari lavozimlarida ishlagan. 1949-yil sentabrida Sayfuddin Xitoy Kommunistik partiyasi homiyligida boʻlib oʻtgan Xitoy Xalq Siyosiy Konsultativ Konferentsiyasida qatnashadi va yangi kommunistik hukumatning toʻlaqonli aʼzosiga aylanadi[3]. 1949-yil oktabrda amalga oshgan Xitoy inqilobi nafaqat Shinjonda, balki butun Xitoyda kommunistlarni hokimiyat tepasiga olib keladi. Ayni paytda Sayfuddin yangi hukumat uchun xalqlar va siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha turli lavozimlarda ishlab kelgan.

1949-yil dekabridan 1950-yil yanvarigacha u Mao Zedong bilan doʻstlik toʻgʻrisidagi XXR-Sovet shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib borish uchun Moskvaga safarida hamrohlik qiladi va 1949-yil 27-dekabrda KPSS safidan chiqib, Mao maslahati bilan XKPga kiradi. Shinjonni „Shinjon avtonom oʻlkasi“ deb nomlanishiga qattiq eʼtiroz bildirgan, „muxtoriyat tog‘larga va daryolarga emas, balki, maʼlum xalqlarga berilganligini“ taʼkidlaydi[4].

Uygʻur tilshunosi Ibrohim Mutiʼiy Ikkinchi Sharqiy Turkiston Respublikasining muxolifi boʻlib, sovetlar va Stalin tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Ili qoʻzgʻoloniga qarshi chiqqan edi. Keyinroq Sayfuddin Aziziy Ibrohimdan uzr so‘raydi va Sharqiy Turkiston Respublikasiga qarshi chiqish to‘g‘ri ish ekanini tan oladi[5].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayfuddin Aziziy uzoq yillar davomida Xitoy Xalq Respublikasining yirik davlat  arboblaridan biri boʻlib kelgan. U Mao Szedun bilan ham, undan keyingi Xitoy rahbariyati bilan ham kelishib ishlab kelgan. Sayfuddin Aziziy 1998-yilgacha partiya va davlat ishlarida faoliyat yuritgan. U 2003-yil 24-noyabr kuni Pekinda vafot etgan va shu yerdagi inqilobiy qabriston Babaoshanga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chinese Communist Power and Policy in Xinjiang, 1949-1977. Westview Press, 1979 — 34-36 bet. 
  2. Xinjiang: Chinaʼs Muslim Borderland by S. Frederick Starr
  3. China's last Nomads: the history and culture of China's Kazaks. M.E. Sharpe, 1998 — 100 bet. 
  4. The Uyghurs: Strangers in Their Own Land. Columbia University Press, 2010 — 199 bet. 
  5. Clark (2011). "Ibrahim's story". Asian Ethnicity (Taylor & Francis) 12 (2): 213. Archived from the original on 19 Kasım 2015. https://web.archive.org/web/20151119004309/http://faculty.washington.edu/stevehar/Ibrahim.pdf. Qaraldi: 4 Ağustos 2016. Sayfuddin Aziziy]]