Saydigʻanixoʻja Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saydigʻanixoʻja Ismoilov
Tavalludi 14-yanvar 1948-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 25-oktyabr 2022-yil(2022-10-25)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi endokrinolog, jarroh
Sohasi tibbiyot
Ish joylari Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Taʼlimi Patris Lumumba nomidagi Xalqlar doʻstligi universiteti
Ilmiy darajasi tibbiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Saydigʻanixoʻja Ibragimovich Ismoilov (1948-yil 14-yanvar, Toshkent, Oʻzbeskiton SSR — 2022-yil 25-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, endokrinolog, jarroh, tibbiyot fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Endokrinologik va diabetik assotsiatsiyasining raisi, Yevropa Qandli diabetni oʻrganish tadqiqot guruhi, Xalqaro Diabet federatsiyasi, Xalqaro Endokrin jarrohlar assotsiatsiyasi, Amerika diabetik assotsiatsiyasi va Amerika klinik endokrinologlari assotsiatsiyasining aʼzosi boʻlgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydigʻanixoʻja Ismoilov 1948-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan[2]. 1972-yilda Patris Lumumba nomidagi Xalqlar doʻstligi universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan. 1972—1975-yillarda mazkur universitetda aspirantura boʻlimida tahsil olgan. 1975—1976-yillarda Sharbiy hizmatni oʻtagacha, aspiranturada oʻqishni davom ettirgan. 1977—1978-yillarda Butun Ittifoq jarrohlik ilmiy markazining Toshkent filialida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. 1978-yilda Moskva shahrida Patris Lumumba nomidagi Xalqlar doʻstligi universitetida „Erkaklar jinsiy aʼzolarining trasplantatsiyasi (Klinik — eksperimental izlanishlar)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1978—1981-yillarda Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya institutining Umumiy jarrohlik kafedrasi assistenti boʻlib faoliyat yuritib kelgan. 1982-1988-yillarda oʻlka tibbiyot ilmiy tekshirish institutining qalqonsimon bez kasalligining laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida ishladi[1]. 2022-yil 25-oktyabrda vafot etgan[3][2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yili Xarkov shahrida „Gipotireozni davolash maqsadida qalqonsimon bez kriokonservatsiyasi“ doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 590 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta mualliflik guvohnomalari va 30 ta monografiya, 87 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Olim tashabbusi bilan diabetik oyoq sindromining neyroishemik shaklini davolash va oldini olish uchun V. V. Vohidova nomidagi Jarrohlik markazi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo instituti hamkorligida diabetik oyoq sindromini tashxislash va oldini olish maqsadida mamlakatda podoskopishlab chiqildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. 2,0 2,1  ТАЪЗИЯ(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  3. „2022 yili yo‘qotganlarimiz“.