Sasha Chmelevski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sasha Chmelevski
Chmelevski Ottawa 67's klubida 2016-yil
Tugʻilgan joyi 9-iyun 1999-yil (1999-06-09) (24 yosh)
Huntington Beach, California, AQSH
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 180 lb (82 kg; 12 st 12 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
KHL
Sobiq jamoalar
Salavat Yulaev Ufa
San Jose Sharks
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 185-oʻrindagi tanlov, 2017
San Jose Sharks
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Alexander „Sasha“ Chmelevski (talaffuzi: Aleksandr „Sasha“ Chmelevski) (1999-yil 9-iyunda tugʻilgan) — Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Salavat Yulaev Ufa" xokkey klubi safidagi amerikalik professional xokkey hujumchisi. Sasha Chmelevski 2017-yilgi NHLga kirish loyihasida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sasha Chmelevski toʻrt mavsum davomida Ontario xokkey ligasida asosiy oʻyinchi sifatida oʻynadi. 2015-yilda Sasha Chmelevski „Sarnia Sting“ xokkey jamoasi tarkibiga OHL ustuvor tanlovida 10-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[1]. Shundan soʻng, Sasha Chmelevski „Sarnia Sting“ klubi safida oʻynay boshladi. Lekin u birinchi mavsumining oʻrtalarida klub tomonidan „Ottawa 67’s“ xokkey klubiga almashtirildi. Sasha Chmelevski „Ottawa 67’s“ xokkey klubida uch yarim mavsum oʻynadi. 2017-yilgi NHL kirish loyihasida Sasha Chmelevski „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 185-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi[2]. Sasha Chmelevski 2018-yilning 3-aprelida „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3].

2018-yilda Chmelevski oʻzining professional debyut oʻyinini oʻtkazdi. Sasha Chmelevski oltita muntazam mavsum oʻyinlarida va yana toʻrtta pley-off oʻyinlarida „San Jose Sharks“ klubining Amerika xokkey ligasi filiali „San Jose Barracuda“ xokkey klubi safida oʻynadi.

Sasha Chmelevski NHLdagi ilk oʻyinin 2021-yil 5-fevralda „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi[4].

2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng Sasha Chmelevski klubni tark etdi. Sasha Chmelevski erkin agenti sifatida 2022-yilning 26-iyulida Rossiyaning KHL vakili „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sasha Chmelevskining kelib chiqishi ukrainalik hisoblanadi. Uning oilasi Sasha Chmelevskining 12 yoshiligida Michigan shtatining Northville shahriga koʻchib oʻtgan edi[6]. Ungacha Sasha Chmelevski Kaliforniyaning Anaheim shahridagi KHS Ice arenasida xokkey bilan shugʻullangan[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2014—2015 Honeybaked U18 HPHL 1 0 0 0 0
2015—2016 Sarnia Sting OHL 29 9 8 17 2
2015—2016 Ottawa 67’s OHL 5 2 0 2 2
2016—2017 Ottawa 67’s OHL 58 21 22 43 20 6 2 2 4 2
2017—2018 Ottawa 67’s OHL 68 35 41 76 24 5 1 4 5 4
2017—2018 San Jose Barracuda AHL 6 3 1 4 0 4 1 1 2 0
2018—2019 Ottawa 67’s OHL 56 35 40 75 36 18 12 19 31 10
2019—2020 San Jose Barracuda AHL 42 11 16 27 22
2020—2021 San Jose Sharks NHL 5 0 2 2 2
2020—2021 San Jose Barracuda AHL 27 9 11 20 32
2021—2022 San Jose Barracuda AHL 47 12 25 37 23
2021—2022 San Jose Sharks NHL 19 0 8 8 4
NHL jami 24 0 10 10 6

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2015 Qoʻshma Shtatlar U17 6 5 2 2 4 0
2016 Qoʻshma Shtatlar IH18 2nd 4 4 5 9 2
2019 Qoʻshma Shtatlar WJC 2nd 7 4 3 7 2
2021 Qoʻshma Shtatlar WC 3rd 8 2 2 4 27
Oʻsmirlar safida 16 10 10 20 4
Kattalar safida 8 2 2 4 27

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sarnia Sting select Honeybaked forward 10th overall, add Hatcher's son in 4th round“. London Free Press (11-aprel 2015-yil). Qaraldi: 7-fevral 2021-yil.
  2. „2017 NHL Draft: Sharks select Alexander Chmelevski in sixth round“. fearthefin.com (24-iyun 2017-yil). 2022-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2017-yil.
  3. „Sharks Sign Forward Alexander Chmelevski“. National Hockey League (3-aprel 2018-yil). Qaraldi: 4-aprel 2018-yil.
  4. „Sharks recover, defeat Ducks in shootout in first game in eight days“. National Hockey League (5-fevral 2021-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
  5. „Alexander Chmelevski will move to Salavat Yulaev“ (ruscha). Salavat Yulaev Ufa (26-iyul 2022-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  6. Bridge. „Get to know a little more about Sarnia Sting first-round draft pick Sasha Chmelevski“. theobserver (20-aprel 2015-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  7. Kurz. „Versatile prospect Sasha Chmelevski could be in position to crack the Sharks roster, but he'll have competition“. The Athletic (11-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.