Saraxsiyon guzari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saraxsiyon guzari
Umumiy maʻlumotlar
Shahar Buxoro shahri
Kim sharafiga nomlangan Guzar aholisining katta qismi savdogar boʻlganligi sababli shunday nomlangan

Saraxsiyon guzariBuxoroda joylashgan guzar. Guzar XVI asrda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi davrida tashkil topgan. Guzarda yashovchi aholining asosiy kasblaridan biri savdogarlik boʻlgan. Guzar Chor xarros koʻchasidan boshlanib, doʻkonlar va savdo rastalari joylashgan. Savdo rastalari yonida fonuslar boʻlib, mirshablar koʻchalarni nazorat qilgan. Saraxsiyon guzarida savdogarlar choy va qand sotishgan[1]. Guzarda gʻishtdan barpo qilingan maktab va masjid boʻlgan. Bundan tashqari guzarda doʻppi sotiladigan kichkina bozor boʻlgan. Guzarda sovet yillarida olib borilgan hisobotlarga koʻra 60 oila boʻlib, 300 kishi istiqomat qilgan. 1929-yil 5-fevralda guzar aholisi qayta roʻyxatgan olinib, Morkush, Saraxsiyon, Soʻfiyon, Miyonqoliyon guzarlari bilan birlashtirilgan va Kosagaron nomi berilgan. Guzardagi mahallada Saraxsiyon kasalxonasi, kutubxona ham boʻlgan[2]. Mahallada joylashgan maktab Xoʻja Ismat Buxoriy deb atalgan. Saraxsiyon guzari chap tomonida Abdulla Toʻqay koʻchasi joylashgan. Mazkur koʻchada Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Xalq Nozirlari Soveti raisi Fayzulla Xoʻjayev istiqomat qilgan[2]. 1991-yil bu uyda Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi tashkil etilgan[3]. Fayzulla Xoʻjayevning otasi Qosimxoʻja oʻgʻli Ubaydullaxoʻja boʻlib, Rossiya va boshqa xoriy davlatlar bilan tijorat ishlarini olib borgan. Fayzulla Xoʻjayev uy muzeyi oldida uchta uy boʻlib, birinchisi uy muzey, ikkinchisi eski notorial kontora, uchinchisi viloyat sudining binosi joylashgan boʻlgan. 1927–1929-yilgi hisobot va qayta roʻyxatga olingan davrda kiritilmagan. Guzur hududi kichik boʻlganligi sababli, Kosagaron guzariga qoʻshib yuborilgan. Guzarning yuqori qismida jamoat binolari joylashgan[4].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Раҳматова 1995, s. 22.
  2. 2,0 2,1 Раҳматова 1995, s. 23.
  3. Баҳронов 2019, s. 8.
  4. Раҳматова 1995, s. 24.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Раҳматова С., Қурбонов Ҳ. Бухоро гузарлари тарихидан лавҳалар, Бухоро, 1995 — 144 bet. 
  • Баҳронов Ф. Бухоролик бой савдогар уйи музей илмий концепцияси, Бухоро, 2019 — 15 bet.