Saratepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saratepa — ilk oʻrta asr qasr harobasi (7-asr oxiri — 9-asr oʻrtasi). Samarqandningjan.gʻarbiy chekkasida, Xoja Saʼd va Saratepa qishloklari yaqinida joylashgan. Toʻrtburchak tarhli (50x60 m), bal. 6 m gacha yetgan. 1980y.larda qazish ishlari olib borilgan. S. paxsadan hamda yirik xom gʻishtdan (45—48 x 25—28 x 7—10 sm) ishlangan. Qasr yoʻlaklarining uz. 12, kengligi 2,3 m boʻlgan. Sharqiy tomondan qasr mudofaa devoriga tutashgan. 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida S. janubida qishloq vujudga kelgan. 9-asr oʻrtasida qasr tanazzulga uchrab, 10-asrda kimsasiz, tashlandiq holga kelgan. Qishlokdagi hayot esa, 13-asrga qadar davom etgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil