Sara Battaglia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Battaglia
Tavalludi 30-aprel 1984-yil (1984-04-30) (39 yosh)
Gioia Tauro (RC)
Fuqaroligi Italiya
Kasbi Moda dizayneri

Sara Battaglia — 1984-yil 30-aprelda tugʻilgan. Moda dizayneri va Sara Battaglia moda yorligʻi asoschisi[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brera akademiyasining sanʼat yoʻnalishini tugatgandan keyin, dizayner Milanda oʻz atelyesini ochishga qaror qilishiga qadar Milandan Florensiyaga, keyin esa Parijga koʻchib oʻtgan.

Soʻnggi yillarda Sara Battaglia „Salvatore Ferragamo“ va „Frame“ kabi xalqaro moda brendlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, faoliyat yuritib kelmoqda[3][4][5].

Sara Battaglia kolleksiyalari Milan moda haftaligi davomida ommaga namoyish qilingan.

2018-yil may oyida Sara Battaglia „Altagamma“ jamgʻarmasi tomonidan Italiyada moda yoʻnalishi boʻyicha „Eng yaxshi rivojlanayotgan brend“ sifatida mukofotlangan[6][7][8].

2018-yil iyun oyida Battaglia „MF Fashion“ jurnalining „Keyingi 100 Italiya“ maxsus soniga kiritilgan, shu bilan bir qatorda moda panoramasiga kelajakda taʼsir koʻrsatadigan 100 kishidan biri sifatida eʼtirof etilgan[9].

2018-yil sentabr oyida Battaglia Bocconi universitetida modani kengaytirish biznesi haqida maʼruza qilgan[10].

Estetika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpincha jonli ranglardan foydalanish bilan mashhur Battaglia zamonaviy ayollarga Slim Aarons, Ettore Sottsass va Jan Prouvedan ilhomlanib, 50-va 60-yillarning qayta koʻrib chiqilgan liboslarini taklif va tavsiya qiladi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Battaglia Milanda ijodkor oilada oʻsgan: onasi bir necha yildan beri Brera tasviriy sanʼat akademiyasida haykaltaroshlikdan dars berib kelmoqda[11]. Uning ukalari ham sanʼat va moda biznesi bilan mashgʻul[11]. Xususan, uning singlisi Jovanna Battaglia Engelbert ijodiy direktor, katta akasi Antonio galerist va uning ukasi Luidji — toʻplam dizayneri hisoblanishadi[12].

Battaglia hozirda Milanda istiqomad qiladi.

Manbbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sara Battaglia, via al ready to wear - MFFashion.com“. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  2. Issa, Caroline. „Insider Interview: Sara Battaglia on her debut ready-to-wear line“. The Telegraph (23-fevral 2017-yil).
  3. „You'll Fall in Love with Ferragamo's Newest Rainbow Handbags“. 24-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  4. „Sara Battaglia: nuova collaborazione con Salvatore Ferragamo – Vogue.it“ (10-may 2017-yil).
  5. Chahine, Vicky. „Art en Ciel“ (fransuzcha) (6-iyun 2016-yil). 7-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
  6. „Emerging Brands – Altagamma“.
  7. „Altagamma premia Sara Battaglia – MilanoFinanza.it“. www.milanofinanza.it (6-iyun 2018-yil).
  8. „Altagamma premia Sara Battaglia - MFFashion.com“. [sayt ishlamaydi]
  9. „Sara Battaglia - MFFashion.com/news/the-next-100/the-next-100-italy-sara-battaglia-201806081539568090“.
  10. „The Business of Fashion Scaleups“. Bocconi Alumni.
  11. 11,0 11,1 „Who Is Giovanna Battaglia?“. Grazia.
  12. „Galleria Antonio Battaglia“. www.espressionearte.it. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.