Sapsan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sapsan (Falco perdrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Yelkasi, boshi toʻq qoramtir, tanasining ostki qismi oq. Uz. 35—50 sm, vazni 500— 1500 g . Hamma materiklarda tarqalgan. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida va qishlab qolganda uchraydi. Uyasini qoyalarga, qargʻalarning eski uyalariga quradi. 3—4 ta tuxum qoʻyib, urgʻochisi 30 kunga yaqin bosadi. Bolalari 35— 40 kunda uchirma boʻladi. Asosan, qushlar (kaptar, balchiqchi, oʻrdak, baliqchi, qargʻa, chugʻurchuq, toʻrgʻay va boshqalar)ni ovlaydi. Aeroport, bogʻ va uzumzorlarni qushlardan qoʻriqlashda foydalaniladi. 20-asr oʻrtalarida soni kamayib ketganligi tufayli AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda S.ni tutqinlikda kupaytirish yoʻlga quyildi. Tabiatda kamyob tur maqomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kizil kitobiga va "Yuq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida"gi Konvensiya (CITES)hhhf II ilovasiga kiritilgan (yana q. Lochin).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil