Saparmurod hoji masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Saparmurat hoji masjidi (turkmancha: Saparmyrat Hajy metjidi) – Turkmanistonning Gokdepe shahrida joylashgan masjid. Ushbu masjid Gokdepe qal’asi himoyachilari xotirasiga bagʻishlab 1994-1995-yillarda prezident Saparmurod Niyozov prezidentligi davrida qurilgan. Masjid oʻzining toʻrtta moviy gumbazi bilan Gokdepening diqqatga sazovor inshootlaridan biri hisoblanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu masjid loyihasi ashxobodlik arxitektor Kakajan Durdiyev tomonidan tuzilgan boʻlib, masjid 1995-yilda ochilgan. Turkmaniston Prezidenti Saparmurod Niyozov 1992-yilda ado etgan Haj amali sharafiga Saparmurat hoji nomi berilgan. Bino qurilishini amalga oshirish ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tenderda 1994-yilda masjidni bir yil qurib bitkazilishini rejalashtirgan Bouygues kompaniyasi goʻlib chiqqan[2][3].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saparmurat hoji masjidi 10 000 manatlik banknotada tasvirlangan

Masjid markazida toʻq yashil gumbaz joylashgan boʻlib, uning atrofi pastroq, lekin bir xil toʻrtta yarim gumbaz bilan oʻralgan. Masjidning ichki qismi toʻrtburchak zal boʻlib — tashqaridan kvadrat hovligacha choʻzilgan[2]. Hovlining toʻrtta burchagida Muhammadning yoshini ifodalash uchun har birining balandligi 63 metr boʻlgan toʻrtta minora oʻrnatilgan. Masjidning sharqiy qismida binoga tutash, yulduz shaklida qurilgan ikki qavatli majmua bunyod etilgan boʻlib, uhbu majmua hovuz atrofida joylashgan. Bundan tashqari kichik oq gumbazlar ham qurilgan boʻlib, ular majmua shiftining perimetri hamda masjid hovlisini bezatadi.

Masjid markazida 260 chiroqli qandil osilgan. Devorlari anʼanaviy turkman gilamlari va naqshlari bilan, gumbazlarning ichki qismi moviy rangdagi naqshlar bilan bezatilgan. Ushbu masjid 8000 nafar namozxonni sigʻdirish uchun moʻljallangan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Archnet“. archnet.org. Qaraldi: 2018-yil 21-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Brummell, Paul. Turkmenistan (en). Bradt Travel Guides, 2005 — 116 bet. ISBN 978-1-84162-144-9. 
  3. „Bouygues throughout the world | Bouygues“. 2013-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.