Sapar Isoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sapar Jumaqodirovich Isoqov
ruscha: Сапар Джумакадырович Исаков
Sapar Isakov (2017-10-11) (cropped).jpg
Flag of Kyrgyzstan.svg
 Qirgʻiziston Bosh vaziri
Mansab davri
25-avgust 2017-yil — 2018-yil 19-aprelgacha
Prezident Almazbek Atambayev
Soʻronboy Jeenbekov
Oʻtmishdoshi Soʻronboy Jeenbekov
Muhammadqaliy Abulgʻoziyev (v.b.)
Vorisi Muhammadqaliy Abulgʻoziyev
Flag of Kyrgyzstan.svg
 Prezident devoni mudiri
Mansab davri
1-mart 2017-yil — 25-avgust 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Farid Niyozov
Vorisi Almazbek Usenov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyul 1977-yil (1977-07-29) (45 yosh)
Bishkek
Mukofotlari
KRG Order Manas.png

Sapar Jumaqodirovich Isoqov (qirgʻizcha: Сапар Жумакадырович Исаков; 29-iyul 1977-yil, Bishkek) — Qirgʻiziston davlat arbobi, 25-avgust 2017-yildan Bosh vazir[1][2][3][4][5]

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Otasi — Isakov Jumakadir uzoq yillar turli partiya lavozimlarida ishlagan. 2005-yildan nafaqada.
  • Onasi Nurgul Sagandikovna Omarbayeva maktabda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Hozirda nafaqada.
  • 1999-yilda Sapar Qirgʻiziston xalqaro davlat universitetini „Xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
  • 1999-2003 yillari Qirgʻiziston Xalqaro Universiteti oʻqituvchisi.
  • 2003-yildan Qirgʻiziston Respublikasi diplomatik xizmatida.
  • 2003-2007 — Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik boʻlimida 3-kotibi, 2-kotib va boʻlim boshligʻi.
  • 2007-2007 — Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi.
  • 2007-2009 — Qirgʻiz Respublikasi Hukumati tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi.
  • 2009-2010 — rivojlantirish, investitsiyalar va innovatsiyalar boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi Markaziy Agentligi aloqa xizmati rahbari.
  • 2010-2010 — Qirgʻiziston Respublikasi Vaqtinchalik Hukumat tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
  • 2010-2012 — Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni tashqi siyosat boʻlimi rahbari.
  • 2012-2017 — Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudirining birinchi oʻrinbosari — tashqi siyosat boʻlimi mudiri.
  • 2017-2017 — Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devoni mudiri.
  • 2017-2018 — Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.
  • 2018-yil 19-aprelda mamlakat parlamenti Isoqov hukumatiga ishonchsizlik votumi eʼlon qildi va Isoqovni isteʼfoga chiqarib yubordi[6]
  • 2018-yil 5-mayda korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan[7]. 2019-yil 6-dekabrda moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[8]
  • Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega boʻlgan (2010-2019).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]