Votum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Votum (lot. votum — xohish, iroda) — saylov yoki vakolatli muassasada saylovchilar koʻpchiligi tomonidan ifodalangan yoxud qabul qilingan fikr yoxud qaror. V.ning bir necha turlari mavjud:Ishonch V. i — parlament boshqaruv tizimi amalda boʻlgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yoʻli, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan maʼqullanishi. Ishonch V.i toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish tashabbusi bilan hukumatning oʻzi, parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruxlari chiqishi mumkin. Ishonchsizlik V.i— parlament boshqaruv tizimi amadda boʻlgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yoʻli, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan nomaʼqul deb topilishi. Mazkur V. toʻgʻrisidagi masala hukumatning oʻzi, parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan qoʻyiladi. Hukumatga ishonchsizlik V.i bildirilishi amalda hukumatning isteʼfoga chiqishiga va yangi hukumat tuzilishiga (yaʼii siyosiy tanglikka) yoxud parlament (quyi palata) tarqatib yuborilishiga hamda muddatidan avval parlament saylovlari oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Maj-buriy V. — ayrim mamlakatlarda muomalaga layoqatli barcha fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylovlarda, albatta, qatnashishini talab etuvchi yuridik majburiyat. Plyural V. — ayrim mamlakatlarda saylovchilarning muayyan toifalari saylovlarda 2 yoki undan ortiq ovozga ega boʻlishini taqozo etadigan tartib. Saylov V.i — parlament, prezident, munitsipalitetga saylovlar boʻyicha yakuniy natijalar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil