Sang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sang
ruscha: Санг
Shaharcha
40°51′43″N 71°11′19″E / 40.86194°N 71.18861°E / 40.86194; 71.18861 G OKoordinatalari: 40°51′43″N 71°11′19″E / 40.86194°N 71.18861°E / 40.86194; 71.18861 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Pop tumani
Asos solingan Miloddan avvalgi 2 - ming yillikda
Avvalgi nomlari zang
Maydon 3,000 km2 (1,200 mi²)
Iqlim turi yozi o'rta issiq , qishi o'rta sovuq
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Milliy tarkib o'zbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 160512
Avtomobil kodi +50
Sang ruscha: Санг xaritada
Sang ruscha: Санг
Sang
ruscha: Санг

Sang (ruscha: Санг) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumaniga qarashli shaharcha. Ushbu hududdan Sirdaryo oqib oʻtadi.Undan tashqari qadimda buyuk ipak yoʻlining bir qismi shu yerdan oʻtgan. Tarix manbalarada yozilishicha Zahiriddin Muhammad Bobur ushbu hududga Sang (Zang, zarang yaʼni "Tosh") nomini berib ketgan.

Sang - qishlok azaldan «Ming uyli Sang» deb atalib kelgan. Sang qishlogini atalishi bi­lan bog'liq bir nechta rivoyatlar mavjud. Birinchisi 715 yilda Farg'ona vodiysiga kirib kel­gan Muxammad Jarirning nabirasi Shox Fozil boshchiligidagi qushin bilan maxalliy axoli orasida qattiq jang bo'lgan. Ushbu jangda xalok bulganlar Sangdagi "Langar Aziz buva" mozoriga dafn qilingan. Sangdagi xozirgi xammom o'rniga kadar bulgan joylar asli shaxidlar qabristoni bo'lgan. Jangda xalok bo'lganlardan Shayxulislom

Xo'ja Abdulloh Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alamdoriylarning kabrini kavlash vaqtida yerining kattikligi bilinadi. Shu bois, bu yer «sang zarang», «toshdek kattik» deb atashgan ekan. Ik­kinchi rivoyatga kura Muxammad Jarir va onasi Bibi Ubayda bilan birgalikda shu qishloqda o'tib ketayotgan vaktida qishloq axlidan suvsab suv suraganlar. Daryodan kiynalib olib chikkan suvlarini bermagan qishlok axlini «toshdan ham

qattiq» ekan deb aytishgan. Arablar bu joyni «Zang» deb atashgan. Shuningdek, «zang» bilan, tupik, belga boglangan qo'ng'iroqlarga jur bo'lib o'ynaladigan raqs turi xam bor. «Zangula» so'zi fors tilida «qung'iroq» ma’nosini bildiradi. Yana «zang» so'zi qo'ng'ir tuproq, boy, qattiq, kat­ta xam tosh kabi ma’nolari bor. Qishloqning joylashgan o'rni xam atrofi Sirdaryo, G'ovasoy, Rezaksoy kabi soylar bilan o'ralib, daryo va soylar uzuk qishloq esa unga quyilgan kuzli toshga uxshaydi. Arablar masofa ulchovi xam «tosh», ya’ni sang ma’nosi xam bor. «Boburnoma»da xam Sang kishlogi esga olingan.

Rivoyatlarga ko‘ra, aka-uka Xo‘ja Abdulloh Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alamdoriy Arabistondan kelib, 7-asr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini mintaqaga targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Aka-uka avliyolar qabri 714 yilga oid. Asrlar davomida ziyoratgoh sifatida shakllanilib, ikkita alohida maqbara holatiga keltirilgan. Xo‘ja Abdulloh Ansoriy o‘z davrida shayxulislom maqomini olgan. Bu yer mahalliy aholi tilida Langar ota ziyoratgohi deb yuritiladi.

1937-yilda dinga qarshi kurash avjga chiqqan paytlarda maqbara buzib tashlanadi. 1967-yilda aholi tomonidan qayta tiklanadi. Ayni paytda maqbara ta’mirga muhtoj holatda. Bu esa tuman mutasaddilari va sektor rahbarlari e’tiboridan chetda qolayotganini anglatadi.

Mahalla faxriylaridan Botirjon Nurmatovning aytishicha, unga ota-bobolaridan o‘tib kelayotgan Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qo‘lyozmalar saqlanib kelayotgan ekan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]