Samarqand miniatyura maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samarqand miniatyura maktabi — oʻrta asrlarda Samarqandda shakllangan tasviriy sanʼatdagi uslubiy yoʻnalish. Eng rivojlangan davri 14-asr 2-yarmi — 15-asr va 17-asrlarga toʻgʻri keladi. Temuriylar davrida Samarqand yirik madaniyat markaziga aylangan, meʼmorlik va kitobat sanʼati beqiyos darajada taraqkiy etgan. Yozma manbalar, saqlanib qolgan sanʼat yodgorliklari Samarqandda tasviriy sanʼat qadimdan rivojlanganligini koʻrsatadi (qarang Afrosiyob devoriy rasmlari). Amir Temur bogʻlaridagi saroylar devorlariga mahobatli rasmlar ishlangan, shohona chodirlar tasvirlar bilan bezatilgan, keyinchalik Mirzo Ulugʻbek davrida ham binolar tasviriy lavhalar, syujetli asarlar bilan bezatilgan: shoh, uning yaqinlari va safdoshlari portretlari, qabul marosimlari, ziyofat, safar va jang lavhalari, ov va boshqa manzaralar aks ettirilgan; ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi devorlariga osmon gumbazi, yulduzlar olamiga taalluqli jismlarning ramziy tasvirlari ishlangan. Xuddi shunday tasvirlar bilan olim Abdurahmon asSoʻfiyning astronomiyaga oid risolasi ham Samarqand miniatyura maktabim. vakillari tomonidan bezatilgan. Samarqand miniatyura maktabim. ustalari yaratgan rasmlarda voqealar, asosan, manzara zaminida tasvirlanadi; romantik tasvirlarda Oʻrta Osiyo tabiatiga xos manzaralar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, mahalliy xalq qiyofalari oʻz aksini topgan. Mujassamotdagi originallik, bezak tuzilishi va badiiy ifoda vositalaridagi aniqlik, yirik shakli, kenglikni simmetrik tuzilishi, sokin ritmi va boshqa oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan Samarqand miniatyura maktabim.da qiyofalar roʻparadan chizilgan, voqealar pastbaland adirlarda, koʻshk, chodir zaminida tasvirlangan; ayniqsa, zarrin och sariq — och binafsha rangli vazmin kolorit diqqatni tortadi. Us tod Gung, Gʻiyosiddin, Amir Temur saroyida yashagan Xoja Abdulhay, uning shogirdi Pir Ahmad Bogʻishamoliy, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqa Samarqand miniatyura maktabi m.ning yirik vakillaridan. Nizomiyning "Hamsa" (1446—47, Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), "Mirzo Ulugʻbek oʻz aʼyonlari bilan" alohida miniatyura (taxminan 1442, Vashingtondagi Frir galereyasida), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan Muhammad Shodiyning "Fathnoma" (taxminan 16-asrning 10—20y.lari), "Tarixi Abulxayrxoniy" (taxminan 16-asr 40y.), Firdavsiyning "Shohnoma" (1556), Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" (1628) va boshqa qoʻlyozma kitoblar Samarqand miniatyura maktabim. vakillari tomonidan badiiy bezatilgan. Elmira Ismoilova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil