Saluin
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Saluin, Saluen (tibetcha NagChu, xitoycha Nutszyan) — Xitoy va Myanmadagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Uz. 3200 km, havzasining maydoni 325 ming km². Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan togʻliklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil boʻyi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 6700 m³/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida Molamyayn dengiz porti joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |