Salta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salta — Argentinaning shim. qismidagi shahar. Salta provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 462 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayonining (shakarqamish, tamaki, sholi) savdo markazi. Oziqovqat, yengil, neftni qayta ishlash korxonalari, universitet bor. Shaharga 1582-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 17— 18-asrlarda qurilgan cherkov, monastir va soborlar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil