Kontent qismiga oʻtish

Salomon Kalou

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salomon Kalou
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Salomon Armand Magloire Kalou[1]
Tavallud sanasi 1985-yil 5-avgust (1985-08-05) (40 yosh)
Tavallud joyi Oumé, Kot-dʼIvuar
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)[2]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2003 ASEC Mimosas
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Feyenoord 69 (35)
2004   Excelsior 11 (4)
2006—2012 Chelsea 156 (36)
2012—2014 Lille 67 (30)
2014—2020 Hertha Berlin 151 (48)
2020—2021 Botafogo 27 (1)
2022—2024 Arta/Solar7 3 (0)
Total 479 (154)
Milliy terma jamoa
2007—2017 Kot-dʼIvuar 93 (27)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Salomon Armand Magloire Kalou (1985-yil 5-avgustda tugʻilgan) ivuarlik sobiq professional futbolchi boʻlib, hujumchi yoki qanot hujumchisi lavozimlarida oʻynagan.

U oʻz faoliyatini mahalliy ASEC Mimosas klubida boshlagan. 2003-yilda „Feyenoord“ga oʻtib, 2004-05 va 2005-06-yilgi Eredivisiyeda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi hamda 67 ta oʻyinda 35 ta gol urdi. 2006-yilda „Chelsi“ga oʻtgan Kalou, ushbu jamoa tarkibida olti mavsum davomida Premer-liga, UEFA Chempionlar ligasi, toʻrtta Angliya kubogi va Liga kubogi kabi koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritdi. 2012-yil iyulda erkin transfer asosida „Lill“ga oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻtkazgach, nomaʼlum miqdordagi toʻlov evaziga „Herta BSC“ga oʻtdi. „Herta“ safida olti mavsumda 172 ta oʻyin oʻtkazib, 53 ta gol urdi. Soʻngra Braziliyaning „Botafogo“ jamoasida bir mavsum toʻp surdi.

2007-yildan beri Kot-d’Ivuar milliy terma jamoasining asosiy aʼzosi boʻlgan Kalou 93 ta xalqaro oʻyin oʻtkazdi hamda oʻz mamlakatini ikkita FIFA Jahon chempionati, oltita Afrika Millatlar kubogi musobaqalari va 2008-yilgi Olimpiadada taqdim etdi. U 2015-yilda qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan va 2012-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar tarkibida boʻlgan.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliiyatining ilk yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalou Oumeda tugʻilgan. Katta akasi Bonaventure singari, u ham Yevropaga oʻtishdan oldin oʻz faoliyatini mahalliy ASEC Mimosas klubida boshlagan. U 2003-yilda Feyenoord bilan shartnoma imzolagan va 2004-yilda Feyenoordning „yoʻldosh klubi“ Excelsiorga ijaraga berilgan.

Soʻngra Kalou Feyenoordga qaytib, 2004-yildan 2006-yilgacha Gollandiyaning oliy ligasi Eredivisiyeda ikki mavsum toʻp surgan. Rotterdam klubidagi faoliyati davomida u 67 ta liga oʻyinida 35 ta gol urdi, shuningdek, 2005-yilda mavsumning eng istiqbolli yosh isteʼdodi sifatida Yohan Kruyff mukofotini qoʻlga kiritdi. Kalou Dirk Kuyt bilan birgalikda Feyenoord muxlislari va Gollandiya ommaviy axborot vositalari tomonidan Belgiya pop guruhi K3 soʻzlari oʻyini asosida „K2“ laqabi bilan tanilgan[3][4].

Kalou boshqa bir qancha klublar, jumladan, akasi oʻynagan Fransiyaning Auxerre jamoasi bilan ham bogʻliq boʻlgan[5].

Chelsi
  • Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2005 yil
  1. „List of Players“. World Cup 2010. FIFA. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyun.
  2. „Salomon Kalou profile“. Lille OSC. 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-iyul.
  3. „K2: Kuyt and Kalou“ (2015-yil 16-noyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-iyun.
  4. „Kuijt en Kalou "K2" bij Feyenoord – FR12.nl“. 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 7-iyun.
  5. „Salomon Kalou“. World Soccer (2005-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.