Salohiddin Muhiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salohiddin Muhiddinov
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1936 yil
Vafoti 2002 yil 6 dekabr
Dini islom
Millati o'zbek
Tavallud shahri O’zbekiston tumani, Farg’ona vil.
Hudud O'zSSR - O'zbekiston
Kasbi mudarris, imom-xatib va tarjimon

SALOHIDDIN MUHIDDINOV (1936 – yil Oʻzbekiston tumani, Fargʻona vil., 2003 – yil 6 – dekabr Toshkent)- mudarris, imom-xatib va tarjimon.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salohiddin Muhiddinov (Salohiddin qori) 1936 yili Fargona viloyati Oʻzbekiston tumaniga qarashli Islom qishlogʻida tavallud topgan.[1]

Salohiddin qori 1973 yilda muftiy Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon boshchiligidagi guruh bilan ilk bor muborak haj safariga boradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diniy nazorat yoʻllanmasi bilan 1974-1978 yillarda Liviyada oʻqib qaytadi. Shundan keyin 1978 yildan boshlab, umrining oxirigacha TIIda fiqh, islom tarixi, mazhablar tarixi, tafsir va hadis fanlaridan dars bergan.

Salohiddin Muhiddinov 1990-1994 yillarda Movarounnahr musulmonlari idorasida masjidlar boʻlimini boshqargan, 1994-2000 yillari Xalqaro Islom tadqiqot markazida boʻlim mudiri vazifasida ishlagan. 1989-1999 yillarda Chilonzor tumanidagi Katta Qozirobod masjidida, soʻngra 2002 yilgacha Olmazor tumanidagi At-Termiziy masjidida imom-xatiblik qilgan. Salohiddin qori, shuningdek, turli mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan, 1991 yilda Marokashda Muhammad alayhissalomning mavludlariga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.[2]

U bir qancha diniy-maʼrifiy maqolalar, „Islomda oʻlim va janoza namozi“ masalalari kitobchasi muallifi.

Tarjima ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, Abdulvahob Hallofning ikki jildlik „Usul ul-fiqh“ kitobi tarjimonidir. U yana Burxoniddin Margʻinoniy qalamiga mansub „Al-Hidoya“ asarining ikki jildini nashrga tayyorlashda tarjimonlar guruhiga rahbarlik qilgan. Undagi „Taloq kitobi“, „Nikoh kitobi“ hamda „Bay’ kitobi“ qismlarini oʻzbekchaga oʻgirgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salohiddin Muhiddinov 2002 yil 6 dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari, Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”, 2015 — 356 bet. ISBN 978-9943-335-74-5. 
  2. «O‘zbekiston ulamolari» (16 Muqovasi_ Qattiq_), Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV, «Movarounnahr», 2015 — 496 bet. ISBN 978-9943-12-324-3.