Salmonellyozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Solmonella bakteriyalari

Salmonella typhimurium
ichak bakteriyalari
KXK-10 A02.0
MedlinePlus 000294

Salmonellyoz — zooantroponoz, ya’ni ham hayvonlardan, ham odamlardan yuqadigan va ko'pincha gastroenterit simptomlari bilan, ba’zi hollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan ta’riflanadigan o'tkir yuqumli ichak kasalligidir.

Etiologiyasi [1][tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellyozni qo'zg'atuvchi mikroblar salmonellalar avlodi va ichak bakteriyalari guruhiga mansubdir. Ko'rinishi tayoqchaga

o'hshaydi. Xivchinlari bor, spora va kapsula hosil qilmaydi. Hamma ozuqa muhitlarida ko'payaveradi. Salmonellalar fakultativ anaerobdir, ular parchalanganda endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksinning termostabil O-antigeni, termolabil H-antigeni va kapsulasiga mansub yuza joylashgan H-antigeni bor. Salmonellalar O-antigenining xiliga qarab bir necha serologik O guruhiga bo'linadi. Har bir O guruhida H antigenining ichki tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladigan bir necha serovarlar mavjud. Salmonellalarning 2000 ga yaqin serologik xillari ma’lum boiib, ulardan 700 tadan ko‘prog‘i odamlarda uchraydi. Ularning quyidagilari tez-tez uchrab turadi: S. heidelberg, S. typhimurium, S. enteritidis, S. rapata, S. infantis, S. newport, S. agona, S. derby, S. london. Salmonellalar tashqi muhitda ancha chidamlidir: suvda 120 kun, go‘sht, kolbasa va shular kabi oziqalarda 2-4 oygacha, sutda 10 kungacha, saryog‘da 4 oygacha, pishloqda 1-yilgacha, tuproqda 18 oygacha tirik saqlana oladi. Ba’zi mahsulotlarda, masalan, go‘shtda ular tirik saqlanibgina qolm ay, balki k o‘payadi ham , bunda

mahsulotlarning tashqi ko'rinishi va mazasi o'zgarmaydi. Tuzlash va dudlash ularga kam ta’sir qiladi.

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parrandalar va uy hayvonlari kasallik manbai hisoblanadi.

Infeksiyaning asosiy manbai — uy hayvonlari (qoramol, cho'chqa, ot, eshak, mushuk, it), parrandalari (tovuq, o'rdak, g‘oz, kaptar), yowoyi hayvonlar (kemiruvchilar, tulkilar), baliqlar va boshqa hayvonlardir. Salmonellalar shu hayvonlarning suti, siydigi, axlati, soiagi bilan tashqariga chiqib, tuproq, yaylov yerlar, suv havzalari, o‘t-xashakka tushadi va bularni yuqumli qilib qo'yadi. Salmonellalar bilan ifloslangan go'sht va sut mahsulotlarini, baliq, tuxum va boshqa mahsulotlami iste’mol qilish oqibatida kasallik odamlarga yuqadi. Salmonellyoz bilan og'rigan bemor va bakteriya tashib yuruvchi odam ham infeksiya manbai bo'lib hisoblanadi. Bunday kishilarning oziq-ovqatga aloqador joyda, shuningdek bolalar muassasalarida ishlashi juda havflidir. Salmonellyoz muloqot yo'li bilan ham yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan idish tovoqlar, o'ynchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nihoyat, salmonella havo-chang orqali yuqishi ham mumkin, chunki salmonellalar 20—25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odam iste’mol qilishi natijasida (masalan, to‘y-hashamda) Salmonellyoz ba’zan epidemiya ko'rinishida uchraydi. O'sha ovqatdan iste’mol qilganlarning deyarli hammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi.

Patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellalar ovqat orqali me’da-ichak yo'liga tushadi. Me’dada xlorid kislota ta’sirida salmonellalarning ko'pchiligi halok bo'ladi. Oziqa moddalari ichida o'ralib qolganlari bu noqulay sharoitni yengib o'tib, ingichka ichakka tushadi, so'ngra ichak shilliq pardasidagi retikuloendotelial to'qimaga kiradi va shu yerda ko'paya boshlaydi. Salmonellalar limfa tomirlari bo'ylab mezenterial tugunlar - charvi limfa tugunlariga o'tadi va shu joyda ba’zan hammasi halok bo'lib ketadi, unda limfotsitlar va makrofaklar katta rol o'ynaydi. Ba’zi hollarda charvi limfa tugunlaridagi fagotsitlarda salmonellalar uzoq vaqt halok bo'lmay tirik saqlanishi mumkin. Ana shu salmonellalar qaytadan limfa tomirlari orqali ichakka tushadi. Bunda kasallik simptomlari bo'lmaydi va odam bakteriya tashuvchi bo'lib qoladi. Ko'pincha mezenterial limfa tugunlarida (charvi bezlarida) salmonellalar ko'rinishida davom etadi. Ularning bir qismi parchalanib endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksin har xil a’zo va tizimlarga ta’sir qiladi va buning natijasida adenilatsiklaza faollashadi, hujayralarda biologik faol moddalar miqdori ko'payadi. Natijada enterit boshlanadi. M e’da-ichak yo'li faoliyati buziladi. Endotoksin ta’sirida vazomotor falaj kuzatilib, qon bosimi pasayib ketadi. Bosh miya faoliyati ham toksin ta’sirida buziladi va tif holati paydo bo'ladi. Toksinning miyaga ta’siri natijasida gipotermiya boshlanadi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati izdan chiqadi. Toksin ta’sirida suv-tuzlar almashinuvi buzilib, organizmni suvsizlanish (degidratatsiya) holatiga keltirib qo'yadi. Salmonellalar zo'r berib ko'payshi va ko'plab parchalanishi natijasida ajralgan endotoksin shok holatiga sabab bo'lishi mumkin. Endotoksik shok yuz berganda qonning ivish tizimi zararlanadi. mikrosirkulyatsiya izdan chiqadi va to'qimalarda kislorod etishmaydi (gipoksiya), bu esa o'z navbatida moddalar almashinuvining buzilishi, asidoz boshlanishi, qonda mochevina va qoldiq azotning ko'payshiga, har xil a’zolar hujayralarining distrofiya va nekrozga uchrashiga sababchi bo'ladi. Shunday qilib, Salmonellyoz patogenezi m ohiyat-e’tibori bilan

toksinemiya va bakteremiyaga bog'liq. Keyinchalik organizmning himoya mexanizmlari kuchayib, qondagi salmonellalarni retikuloendotelial sistema va parenximatoz a’zolar qamrab oladi va asta-sekin parchalaydi, buning natijasida organizm salmonellalardan xalos boiadi. Bemor organizmining himoya quwati etarli boim agan hollarda u bakteriya tashuvchi boiib qoladi. Bakteremiya qisqa muddat davom etgan hollarda Salmonellyozning gastrointestinal shakli shakllanadi. Organizm kuch-quwati kam bo'­lganda (bolalar va qarilarda) bakteremiya uzoq cho'ziladi va Salmonellyoz tarqoq shaklga aylanib ketadi. [2]

Patologik anatomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur olim I.V. Davidovskiy Salmonellyozning ikki shakllanishini ajratadi: 1. Toksik shakli — bu shaklida m e’da-ichak yo'li shilliq pardasi shishgan va unga qon quyilgan bo'ladi.

Ichak shilliq pardasida yuzaki nekrozlar uchraydi. 2. Septik-piyemik shakli. Bunda ichak shilliq pardasida o'zgarishlar juda kam bo'ladi. Ammo ichki organlar, ayniqsa o'pkada juda ko'p metastatik yiringli o'choqlar topiladi.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashirin davri 6—8 soatdan 2—3 kungacha cho'ziladi. Ko'pincha 12—24 soat davom etadi. Salmonellyozning quyidagi klinik shakllari uchraydi (1-jadval):

1-jadval
Klinik shakllari Qanchalik k o‘p

uchraydi

1 .Gastrointestinal shakli (toksikoinfeksiya)

Gastrit

75-90%
Gastroenteret 5-10%
Gastroenterokolit 70-80%
2.Tarqoq shakli 3-9 0 %
Tifga o'xshash shakli
Septik shakli
3.Subklinik shakli. Bakteriyat ashuvchilik

Gastrointestinal shakli. Kasallikning bu xili to'satdan boshlanadi va dispeptik alomatlar bilan ta’riflanadi. Odatda bemor a’zoyi badani titrab, harorati ko'tariladi va gastrit, gastroenterit simptomlari yaqqol ko'rinadi. Harorat 3—4 kundan so'ng pasayadi. Kasallikning bu xili o'tkir gastrit, gastroenterit, gastroenterokolit ko'rinishida o'tadi.

0‘tkir gastrit. Bemor darmoni qurib, ko‘ngil ayniydi, ishtahasi bo'g'iladi. Boshi, qorni og'riydi, badani qaqshaydi, harorati sal ko'tariladi (subfebril darajagacha). Ko'pincha bemor bir yoki bir necha marta qayd qiladi. Ba’zan umuman qusmaydi. Bemorning rangi oqargan, tili karash bilan qoplangan bo'lib, pulsi tez uradi, qorni og'riydi, 1—2 kun ichida sog'ayib ketadi.

O'tkir gastroenterit. Salmonellyozning bu ko'rinishi ko'p uchraydi. To'satdan boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati ko'tarilib, 2 -4 kun yuqori darajada turadi. Ko'ngli aynab, ketma-ket qusadi, so'ngra shir-shir ichi keta boshlaydi. Bir kecha kunduzda bemorning 15 marta ichi ketadi. Bemor axlati suyuq, yashil rangda va juda sassiq

boiadi. Bemorning ahvoli anchagina og'ir bo'ladi, darmoni quriydi, a’zoyi badani sirqillab, bezovta qiladi, ishtahasi yo'qoladi. Ko'pchilik bemorlarning rangi odatda oqarib turadi, lekin ba’zan bir oz qizarishi ham mumkin, labiga uchuq toshadi. Tomiri tez uradi, qon bosimi pasayadi. Tili qalin oq yoki kulrang karash bilan qoplanadi. Ba’zan kollaps boshlanishi mumkin.

Qon tekshirilganda gemoglobin va leykotsitlarning soni ozgina ko'paygani, ECHT m e’yorda ekani aniqlanadi. Salmonellyozning bu ko'rinishi 1—4 kun davom etadi, ba’zan uzoqroq cho'ziladi. O'tkir gastroenterit yengil, o'rta og'ir va og'ir o'tishi mumkin. Salmonellyozga aloqador o'ta o'tkir gastroenterit awalo kuchli intoksikatsiya bilan ta’riflanadi. Bemorning to'satdan eti uvishib, qaltiraydi va harorati ko'tariladi, boshi aylanib, qattiq og'riydi. Kasallik boshlanishidayoq kollaps bo'lishi mumkin. Bem or ketm a-ket qusaveradi, beto'xtov shir-shir ichi ketadi. Bemor axlati xuddi vabo kasalligidek yovg'on xo'rdaga o'xshaydi. Ko'p o'tmay organizmda suvsizlanish holati boshlanadi. Bemor birinchi kunidanoq ozib ketadi,

ko'zlari ichiga tushib, yuzi chakak bo'lib qoladi, umuman rangi soiib, ko'kimtir tus oladi. Qon bosimi pasayadi, oliguriya yoki anuriya bo'ladi. Bemorning ovozi chiqmaydi, oyoq-qoi muskullari tortishib og'riydi. Ko'pincha pnevmoniya, nefrozonefrit alomatlari aniqlanadi. O'z vaqtida tegishli davo choralari amalga oshirilmasa bemor nobud boiishi mumkin.

Salm onellezning gastroenterokolitik xilida yuqorida aytilgan simptomlardan tashqari kolit sindromi aniqlanadi. Kamdan-kam hollarda bemorda faqat kolit sindromi boiadi, xolos. Bunda yo'g'on ichakning hammasi zararlanadi. Rektoskop bilan tekshirilganda kataral, kataral-gemorragik proktosigmoidit holati ko'riladi. [1]

Tarqoq shakli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu shakldagi kasallikning asosiy simptomi haroratning yuqori ko‘tarilishidir. Kasallik ba’zan harorat ko'tarilishidan tashqari gastroenterit alomatlari bilan boshlanadi. Boshqa hollarda faqat harorat ko'tariladi va intoksikatsiya alomatlari boiadi. Bemorning boshi, muskullari og'riydi, uyqusi buziladi. Ko'zi va shilliq pardaliri sal sarg'ish tusga kiradi. Ko'krak va qorin terisida toshma ko'rinadi. Ko'pincha uchuq toshadi, puls soni kamayadi (nisbiy bradikardiya), yurak tonlari bo'g'iqlashishi, tilni karash bosadi, qorni dam bo'lib, jigar va taloq

kattalashadi. Bemor darmoni qurib, bo'shashgan holda jim yotadi. Ba’zan meningoensefalit belgilari aniqlanadi. Boshqa hollarda o'tkir glomerulonefrit, nefrozonefrit, nekrotik nefroz va piyelit hamda sistit alomatlari ko'riladi.

Salmonellyozning septik shakli — uzoq davom etadigan harorat, qayta-qayta et uvishib badan qaltirashi va turli septik asoratlar bilan ta’riflanadi. Bemor ba’zan xuddi qorin tifidagiga o'xshab bo'shashgan holda karaxt bo'lib yotadi. Salmonellyozning tifga o'xshash shakli deb shunga aytiladi. Qon tekshirilganda ba’zan leykopeniya, nisbiy limfotsitoz aniqlanidi. Boshqa hollarda xuddi sepsisdagiga o'xshash gipoxrom anemiya, leykotsitoz , ECHT tezlashgan boiadi. Salmonellyozning tarqoq shakli 6—10 kun, ba’zan 3—5 haftagacha cho'ziladi.

Bakteriya tashuvchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'pincha bakteriya tashuvchilik hodisasi aksari Salmonellyoz kasalligidan sog'aygan kishilarning ba’zilarida aniqlandi. Juda kamdan-kam hollarda kasal boimagan shaxslarda ham

uchraydi. Bakteriya tashuvchilik qisqa muddatli va uzoq cho'ziladigan boiishi mumkin. Salmonellalar odam organizmida saprofitlar tariqasida uzoq yashashi mumkin. Turli sabablar ta’sirida organizmning himoya kuchlari susaysa, boyagi saprofit salmonellalar faollashib, ko'paya boshlaydi va kasallikga sabab boiadi.

Laborator tashxisoti.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakteriologik va serologik usullar qo'llaniladi. Bakteriologik usulda bemorning qoni, axlati, qusuq massasi, siydigi, me’da yuvindisi, o'n ikki barmoq ichagidan zond yordamida olingan

shilimshiqlar tegishli oziqa muhitiga ekiladi. Serologik usul yordamida bemor qonida antitanachalar bor-yo'qligi aniqlanadi. Antitanachalar qonda kasallikning 5—7 kunlaridan boshlab paydo boiib , keyingi titri ortib boradi. Ko'pincha agglyutinatsiya reaksiyasi qo'yiladi. Egri agglyutinatsiya reaksiyasi va komplementni bogiash reaksiyasi %sezuvchandir. Salmonellalarni aniqlash maqsadida immunoflyuoressent usulidan ham foydalaniladi.

Qiyosiy tashxisoti.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellyozni ichburug', vabo, zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish va miokard infarktidan farqlash zarur. Ichburug‘da bemor qornining chap tom oni burab og'riydi,

kuchaniq bezovta qiladi, axlati qon aralash shilimshiqdan iborat boiib, oz-ozdan keladi, hidi boimaydi. Rektoskopiyada yo'g'on ichak shilliq pardasining qizarib yallig'-

langanligi, eroziya va yaralar borligi ko'rinadi. Laboratoriya usuli bilan tekshirilganda tegishli ijobiy natijalar olinadi. Vaboda harorat ko'tanimaydi, qorin og'rimaydi, ko'ngil aynimaydi,

kasallik ich ketishdan boshlanadi, axlati hidsiz, xuddi yovg'on xo'rdaga o'xshash boiadi. Organizmda suvsizlanish belgilari paydo boiadi, oyoq-qoi muskullari, ayniqsa boldir muskullari tortishib og'riydi. Vabo tashxisi to'g'risidagi masala bakteriologik usul bilan tekshirilganda axlatda yoki qusuqda vibrion topilgach, uzul-kesil hal boiadi. Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish (xlororganik va fosfororganik moddalar bilan) yuz berganida odamni hiqichoq tutadi, ko'kragi qisib, tili, tomog'i, ko'zi achishaveradi, qulog'i shang'illaydi. Ko'zdan yosh

oqib, qo'llar qaltiraydi, oyoq-qoi muskullari bo'shashadi. Miokard infarkti ko'pincha keksayib qolgan kishilarda uchraydi. Miokard infarktidan oldin odatda ko'krakning chap tomonida vaqtivaqti bilan stenokardiya xuruj qilib turadi, ya’ni bemorni yurak sohasidagi og'riq bezovta qilib turadi. Infarkt kuchli og'riqdan boshlanadi. Infarktning gastritik shaklida

(asosan oshqozon sohasida, ya’ni kindikdan yuqorida kuchli og'riq bezovta qiladi) og'riq to'sh suyagi, kurak va qoiga o'tadi (irradiatsiya). Bundan tashqari miokard infarktida yurak chap qorinchasi faoliyatining sustligiga xos simptomlar masalani hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Davosi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellyozning gastrointestinal shaklida asosan patogenetik davolash usullari amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:

1. Dezintoksikatsionterapiya.

2. Suv-elektrolit almashinuvini m e’yorlashtirish.

3. Gipoksemiya va metobolik asidozga qarshi choralar.

4. Gemodinamikani me’yorda saqlab turish.

Salmonellyozning gastrointestinal shaklida awalo bemor me’dasi yaxshilab qayta-qayta yuviladi. Kasallik yengil o'tganda bemorga 4-parxezda ko'zda tutilgan ovqatlar va ko'p miqdorda suyuqlik berish — glyukoza-elektrolit eritmasi (regidron, glyukosan) tayinlanadi (peroral regidratatsiya). Bemor qancha suyuqlik yo'qotgan bo'lsa, shuncha suyuqlik ozgina-ozgina ichirladi. Kasallik o'rtacha og‘irlikda o'tgan hollarda, gemodinamika izdan chiqmagan bo'lsa va bemorning qusishi kam kuzatilganda ham peroral regidratatsiya bilan kifoyalaniladi. Gemodinamika izdan chiqqanda va bemor tez-tez qusib turgan hollarda poliionli-tuzli eritmalar (kvartasol, asesol, xlasol, trisol) bemor venasiga yuboriladi. Suvsizlanishning darajasiga qarab bir kechakunduzda 500 ml dan 2—3 / gacha va bundan ham ko'proq suyuqlik yuboriladi. Poliglyukin, reopoliglyukin, gem odez, qon o'rnini bosadigan va intoksikatsiya alomatlarini kamaytiradigan boshqa dorilar 200-400-600 ml miqdorda tomchilab venaga yuboriladi. Yurak-tomir tizimi faoliyatini jonlashtirish uchun kordiamin, efedrin, mezaton, noradrenalin, strofantin «К» ishlatiladi. Intoksikatsiya alomatlari kuchli bo'lgan hollarda qisqa kurslar holida kortikosteroidlar qo'llaniladi. 1 -3 kun davomida bir kecha-kunduzda 90—180 mg dan prednizolon venaga yuboriladi. Bemor organizmida sensibilizatsiya holatini kamaytirish uchun dimedrol, suprastin, pipolfen, diazolin, fenkarol tayinlanadi. Bemorga yetarli miqdorda oson hazm bo'ladigan, muloyim ovqatlar beriladi. Suyuqlikni ko'p ichish foydalidir. Salmonellyozning gastroenterit shaklida patogenetik davo choralarining o'zi kifoya, antibiotiklarga ehtiyoj bo'lmaydi. Tarqoq shakllarida ta’sir doirasi keng antibiotiklar (levomisetin, ampitsillin, gentamisin, tetrasiklin, kanamisin) ishlatiladi. Antibiotiklarni furazolidon bilan birga ishlatish davo nafini ancha oshiradi. Bu dorilar bilan bir vaqtda bemor organizmi himoya kuchlarini oshiradigan metilurasil, prodigiozan kabi preparatlarni buyurish maqsadga muvofiqdir. Salmonellyozning gastrointestinal shakli og'ir intoksikatsiya bilan o'tayotgan holda ham antibiotiklar ishlatiladi. Bunda antibiotiklar 5—6 kun davomida berib boriladi. Tarqoq shakllarida ular 10-12 kun ishlatiladi. Bemorlarga albatta vitaminlar (C, B guruh, nikotin kislota, rutin) beriladi. Bemorlar obdon sog'aygandan so'ng uyiga jo'natiladi. Uyga jo'natishdan oldin, antibiotik bilan davolash tugaganidan keyin oradan 2 - 3 kun o'tkazib axlati va siydigi tekshiriladi. Tekshirish natijasi salbiy bo'lsa, ya’ni salmonellalar topilmasa, bemorlar kasalxonadan chiqariladi

Oldini olish.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellyozning oldi olinishi asosan veterinariya xizmatiga yuklatiladi. Aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib boriladi. Oziq-ovqat tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar qattiq tibbiy nazorat asosida bo'lishi zarur. Salmonellyoz bilan og'rigan bemorlar albatta kasalxonaga yotqiziladi. Bemorlarning uyidagi kishilar bir hafta davomida shifokor nazoratida bo'ladi. Mabodo ular orasida oziq-ovqatlarga aloqador joylarda ishlaydigan kishilar, shuningdek, yasli va bog'chaga boradigan bolalar bo'lsa, ular bir marta bakteriologik tekshiruvdan o'tkaziladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salmonellyoz - sabablari, alomatlari, davolash, parhеz.

salmonellyoz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 A. ZAKIRXODJAYEV. Yuqumli kasalliklar. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent — 2011. 
  2. Махмудов.О.С.. БОЛАЛАРНИНГ ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАРИ. Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 1995.