Salim Abduvaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abduvaliyev Salimboy Qirgʻizboyevich
Asl ismi Абдувалиев Салим Қирғизбоевич
Tugʻilishi 5-may 1950 (1950-05-05) (69 yosh)

Abduvaliyev Salimboy Qirgʻizboyevich (1950-yil 5-may, Fargʻona viloyati Toshloq tumanida tugʻilgan) — tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti[1], shuningdek, taniqli xayriyachi va mashhur sport ustasi sifatida ham tanilgan. U Oʻzbekistonning eng boy odamlaridan biridir.


Xayriya ishlari[tahrir]

Salimboy Oʻzbekiston boʻylab bolalar sportini rivojlantirishga oʻzining kata hissasini qoʻshib kelmoqda. Bolalar uylarida erkin kurash toʻgaraklarini tashkil qilgan, sportchilarimizning jahon maydonlariga chiqishini tashkil qilmoqda.

Jinoiy doiradagi oʻrni[tahrir]

1980-yillarning oʻrtalaridan boshlab Salimboy davlat mulkini talon-taroj qilish, jinoiy guruh tuzish, narkotrafik kabi ishlarga aralasha boshlaydi. Oʻsha paytlarda Mixail Chernoy, Iskandar Mahmudov, Gʻofur Rahimov va Aleksandr Mashkevich bilan hamkorlikda turli darajadagi jinoyatlarni sodir etadilar.

„Wikileaks“ internet sahifasi orqali oshkor etilgan maxfiy diplomatik hujjatlarda Oʻzbekiston „uyushgan jinoyatchilik tarqalgan“ va „qiynoqlar mavjud“ mamlakat sifatida ta‘riflangandi. Shuningdek, bu hujjatlarda „Toshkent mafiyasining otasi“ deya ta‘riflangan shaxs haqida. 2006-yili AQSh elchisi John Purnell tomonidan Vashingtonga yuborilgan nomada Salim Abduvaliyev qanday qilib ishbilarmonlarga o‘zbek hukumati tenderlarini yutishga yordam qilganligi va davlat idoralariga ishga joylashish uchun pora uzatishga vositachi bo‘lgani aytiladi. Uning huquqni muhofaza qilish organlaridagi va mahalliy davlat hokimiyati idoralaridagi masʼul lavozimlarni katta mablagʻ evaziga talabgorlarga sotishda dallollik qilgani hamda bu ishda general Tursinxon Xudayberganov bilan hamkorlik qilgani ham aytiladi. Bu noqonunuiy amallarning yuz bergan yeri va vaqti tafsilotlari ham keltiriladi. Kazolar tomonidan o‘tkaziladigan hashamatli ziyofatlarda mamlakatning siyosiy elitasi vakillari va jinoiiy doiralar birga yig‘ilishlari haqidagi video lavhalar internet sahifalarida keng tarqalgan.[2]. 2013-yilning iyun oyi oxirlarida Salim Abduvaliyev Oʻzbekistonni turli hil taʼziqlar sabab tark etgani haqida habarlar paydo boʻldi.[3] Keyinchalik, bu xabar oʻzini oqlamadi. Abduvaliyev shunchaki dam olish uchun Italiyaga borgani maʼlum qilindi.[4]

Oilasi[tahrir]

U oilali, 4 nafar qizi (Gulnoza, Goʻzal, Nilufar, Saodat) va 2 nafar oʻgʻli (Sardor, Jasur) bor. Hozirda Toshkent Shahar Yashnobod tumanida yashaydi.

Manbalar[tahrir]