Salama ibn al-Akva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salama ibn al-Akva' (arabcha: سَلَمَة بن الأكْوَع) Islom dinining paygʻambari Muhammad (s.a.v) sahobalaridan biri boʻlgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki marta bay’at qilgan sahoba.

Ismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻliq ismi — Salama ibn Amr ibn Sino al-Akvaʼ al-Aslamiy. Kunyalari Abu Muslim.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadis aytuvchilarning koʻzga koʻringanlaridan biri hisoblangan. Rasulullohdan 77 ta hadis rivoyat qilgan. Salamadan esa Madina ahlidan koʻp jamoatlar, oʻgʻillari Iyos, qullari Yaziyd ibn Abu Ubayda va boshqalar rivoyat qilganlar. U jismonan baquvvat va juda tez yuguruvchi inson sifatida tanilgan va u hatto otdan ham tezroq yugurishi va uning qichqirigʻi 5 mil masofadan eshitilishi aytilgan. Uning oʻgʻli Iyos oʻzining barcha fazilatlarini bir jumla bilan ifodalagan: "Mening otam hech qachon yolgʻon gapirmagan". Yana boshqa ulugʻ kishilar ushbu sahoba haqida shunday fikr yuritganlar: "Bu yakka fazilat bilan taʼriflanmoq insonni taqvodor va solihlar orasida yuksak mavqega ega boʻlishga loyiq qiladi. Salama Ibn Al-Akva oʻzi munosib boʻlgan mavqega erishishga muvaffaq boʻlgan. Salama kamdan-kam uchraydigan arab nayzalaridan biri edi, lekin u oʻzining jasorati, saxovatliligi va xayriya ishlari bilan ham mashhur edi. U oʻzini Islomga chin dildan topshirdi. Shunda Islom uning shaxsiyatini oʻz tizimiga koʻra shakllantirdi". Salama Radvon bay’atida qatnashganlardan biri edi.

Harbiy yurishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad alayhissalom davrida Dhu Qarad[1][2] gʻazotida qoʻmondon boʻlgan v a7 ta gʻazotda ishtirok etgan. „Zuv hard“ gʻazotida esa Muhammad (s.a.v) ni dushmanlar zarbasidan saqlab qolgan. Shijoatli kamonchi hamda chiroyli xulqli, oliyjanob sahobalardan boʻlgan.

Usmon ibn Affonning davrida Afrika gʻazotlarida ishtirok etgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here
  2. Tabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet (translated by Isma’il Qurban Husayn), State University of New York Press