Sailing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Sailing“
Sutherland Brothers qoʻshigʻi
B tomon „Who's Crying Now“
Chiqarilgan sanasi 1972-yil iyun
Leybl Island Records
Matn muallif(lar)i Gavin Sutherland
Prodyuser(lar) Muff Winwood
Sutherland Brothers singllari xronologiyasi
„The Pie“
(1972)
Sailing
(1972)
„Lady Like You“
(1972)
YouTubeda
„Sailing“ („Sutherland Brothers“) YouTubeda
„Salining“ (Rob Stewart) YouTubeda

Sailing“ (tarjimasi „Suzyapman“) — „Sutherland Brothers“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1972-yil yozib olingan. 1975-yil ingliz qoʻshiqchisi Rod Stewart kaver qilganidan keyin global miqyosda xitga aylangan. Taronada Stewartdan boshqa oʻndan oshiq xonanda va musiqiy guruh kaver qilgan.

Qoʻshiqni „Sutherland Brothers“ guruhini tuzgan ikki aka-uka — Gavin hamda Iain Sutherlandlar 1972-yilning iyunida bastalagan va studiyada yozib olgan. Singl oʻlaroq chiqarilgan qoʻshiq 1972-yil AQSh xit-paradadida 54-pogʻonachaga koʻtarilgan. Qoʻshiq guruhning „Lifeboat“ deb nomlangan albomi uchun moʻljallangan taronalardan keyin yozilgan va pirovardida albomning AQSh versiyasiga kiritilgan, ammo xalqaro versiyasiga kirmay qolgan. Buyuk Britaniyada esa 1976-yil „Sailing“ albomi bilan eʼlon qilingan.

Stewart ijrosidagi kaver[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rod Stewart ijrosidagi kaver xonandaning 1975-yil eʼlon qilingan „Atlantic Crossing“ nomli oltinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Mazkur versiya 1975-yilning sentyabrida Buyuk Britaniya xit-paradida toʻrt hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Tarona Stewart ijrosidagi qoʻshiqlar orasida eng bozori chaqqon singldir: 2012-yil xonanda ijrosidagi kaver 1,12 million adadda sotilgani xabar qilingan[1]. Shuningdek, qoʻshiq Irlandiya, Niderlandiya, Norvegiya xit-paradlarida birinchi, Avstraliya, Janubiy Afrika va Shveysariyada ikkinchi, Yangi Zelandiyada uchinchi, Germaniyada toʻrtinchi, Avstriyada esa yettinchi pogʻonaga koʻtarilgan. Stewart ijrosidagi kaver uchun 1975-yilda Dublinda, 1978-yilda Nyu-Yorkda klip olingan. 1978-yilgi klip „MTV“ telekanali 1981-yilda oʻz faoliyatini boshlashi ortidan efirga uzatilgan ilk kliplarning biridir[2].

Boshqa versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sailing“ qoʻshigʻini boshqa xonadalar va musiqiy guruhlar ham kaver qilgan. Xususan, ashulani Joan Baez („Blowinʼ Away“ albomi, 1977), Roger Whittaker („Whittaker Sings the Hits“ albomi, 1978), „Brotherhood of Man“ guruhi („20 Number One Hits“ albomi, 1980), the Nolan Sisters guruhi („20 Giant Hits“ albomi, 1978), „Smokie“ guruhi, („Uncovered Too“ albomi, 2002) hamda Vera Lynnlar ijro etgan. 1976-yilda ingliz gitarachisi Robin Trower bas-gitarachi James Dewar bilan hamkorlikda „Long Misty Days“ albomi uchun „Sailing“ qoshigʻini kaverini yozgan. Fransuz qoʻshiqchisi Joe Dassin esa qoʻshiqni „Ma musique“ nomi bilan fransuz tilida kuylagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ami Sedghi.. „UK's million-selling singles: the full list“. The Guardian (2012-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  2. „MTV flashback: Rod Stewart's Sailing“. Nippertown (2011-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]