Said ibn Xafif Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said ibn Xafif Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 912-yil
Vafoti 1000-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Astronom

Said ibn Xafif Samarqandiy(arabcha: سعيد بن خفيف سمرقندي — Said ibn Xafif Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abulfath Said ibn Xafif Samarqandiy (912-1000)) — astronom.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Said ibn Xafif Samarqandiy zamonasining ko‘zga ko‘rin­gan astronomi boʻlib, tarjimayi holi haqida maʼlumotlar yo‘q, asarlari ham hozirgacha topilmagan. K. Brokkelmanning yozishicha, Said ibn Xafif Samarqandiy 300/912-yil tugʻulgan, 390/1000-yil vafot etgan. D. G. Voronovskiy „Muhammad Xorazmiydan Ulug‘bekkacha bo‘lgan O‘rta Osiyo astronomlari“ nomli maqolasida yozishicha, xuddi shu nomli astronom olim XIV asrda ham o‘tgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 585.