Kontent qismiga oʻtish

Said ibn Muhammad ibn Ahmad al-Saqriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said ibn Muhammad ibn Ahmad al-Saqriy
Iqtisodiyot vazirligi
Mansab davri
2020-yil 18-avgust
Bosh vazir Haysam ibn Tariq
Alma mater Boston universiteti (magistratura)
Viktoriya universiteti (PhD)

Said ibn Muhammad ibn Ahmad al-Saqriy – Ummon Sultonligi Iqtisodiyot vaziri. 2020-yil 18-avgustda ushbu lavozimga tayinlangan[1][2][3][4].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Saqriy Boston universitetida fan va moliyaviy iqtisod boʻyicha magistr darajasiga (2000) va Viktoriya universitetida iqtisod fanlari boʻyicha doktor darajasiga ega[2].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Saqriy iqtisodiyot boʻyicha tadqiqotchi boʻlib, 1997-yildan 2017-yilga qadar sulton Qobus bin Saidning iqtisodiy rejalashtirish masalalari boʻyicha maslahat idorasi direktori lavozimida ishlagan[2][5].

2017-yilda Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi (GCC) statistik markazida iqtisodiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan[5][6].

Keyinchalik Ummon Markaziy banki Boshqaruvchilar kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan[7][8].

Al-Saqriy, shuningdek, Ummon Iqtisodiy Assotsiatsiyasining raisi sifatida ham mehnat qilgan[2][5][6].

Bundan tashqari, Sulton Qobus universiteti, Arab ochiq universiteti va AMIDEASTda oʻqituvchi boʻlib ishlagan[2][6].

2020-yilning 18-avgustidan bugungi kunga qadar Iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelmoqda[1][2][3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ministers' profiles“ (en-US). FM.gov.om. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„Ministers' profiles“. FM.gov.om. Retrieved 2024-02-02.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Profile – Dr. Said Mohammed Al-Saqri – STERGY“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„Profile – Dr. Said Mohammed Al-Saqri – STERGY“. Retrieved 2024-02-02.
  3. 3,0 3,1 „Royal Decree 111/2020 Forming the Council of Ministers – Decree“ (en-GB). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„Royal Decree 111/2020 Forming the Council of Ministers – Decree“. Retrieved 2024-02-02.
  4. 4,0 4,1 „His Majesty appoints new ministers“ (en). Oman Observer (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„His Majesty appoints new ministers“. Oman Observer. 2020-08-19. Retrieved 2024-02-02.
  5. 5,0 5,1 5,2 „List of biographies“. AFSD 2023. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„List of biographies“ (PDF). AFSD 2023. Retrieved 2024-02-02.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Al Mostaqbal Full Book HR“. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.„Al Mostaqbal Full Book HR“ (PDF). Retrieved 2024-02-02.
  7. „Central Bank Of Oman - Governance“. cbo.gov.om. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  8. „Who are the members in the Board of Governors of Central Bank of Oman?“ (en-US). The Arabian Stories News (2020-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.