Sai Lokur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sai Lokur
Tavalludi 1989-yil 9-sentabr.[1]
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002-yildan 2020-yilgacha.
Turmush oʻrtogʻi Tirthadeep Roy

Sai Lokur - hind kino aktrisasi.[2] U oʻsmirlik paytidayoq bolalar aktrisasi sifatida „Kuch Tum Kaho Kuch Hum Kahein“ hind filmida debyut qildi. U "Kis Kisko Pyaar Karun"da Kapil Sharma bilan birga rol ijro etdi va ushbu roli bilan mashhur boʻldi. U Bigg Boss Marathi 1 shousida mashhur boʻldi.[3] 2015-yilda „Kis Kisko Pyaar Karoon“ filmida Anjali rolini ijro etib tanqidchilarning eʼtiboriga tushgan. U kinodagi faoliyatini uzoq davom ettirmadi. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra uning karyerasining toʻxtashiga oilaviy sabablar koʻrsatilgan.

Aktrisa 2020-yil 30-noyabrda IT mutaxassisi Tirthadeep Royga turmushga chiqdi va hozirgi kunda ham birga yashashadi.[4]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sai Lokur - Belgaumda tugʻilgan mashhur marath kino aktrisasi. U Belgaumning Karnatakasida tugʻilgan va ulgʻaygan.Hozirgi kunda Bombeyda yashamoqda. U 1989-yil 5-sentabrda kinematogriflar oilada tugʻilgan. Onasi Vina Lokur, taniqli produser va rejissor. U oʻzi tugʻilgan shahri Belgaumda Sunflower Nursery nomli maktabda taʼlim olishni boshlagan va keyin ilohiyotdan taʼlim olish uchun Providence monastirining oʻrta maktabiga borgan. U shtatdagi eng katta kollejiga oʻqishga kirdi.

Bolaligidanoq u aktyorlik va raqsga koʻproq qiziqdi. Shuning uchun u turli xil spektakllar va shoularda rol ijro etib qatnashishdan tashqari, xuddi shu sohasi uchun taʼlim oldi. Aktrisalikdan tashqari, u yaxshi sportchi. U turli xil suzish musobaqalarida qatnashgan va ushbu sport bilan bogʻliq turli klublar bilan hamkorlik qilgan. Uning aktyorlik debyuti onasi Vina Kokurning va Mohan Joshi, Sharad Ponkshe kabi aktyorlar bilan birgalikda rejissorlik qilgan film bilan boshlandi. Ushbu „Mission Champion“ filmi bir nechta mukofotga sazovor boʻldi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Kino Rol Til
2002 Kuch Tum Kaho Kuch Hum Kahein Bola hind
Pakda Gaya
2007 Mission Champion marati
2011 PPlatform
Parambi
2012 Aamhich Tumche Bajirao
No Entry Pudhe Dhoka Aahey Pooja
2013 Jarab Kavya
Mee Ani You Ira Kurundkar
2015 Kis Kisko Pyaar Karoon Anjali[5] hind

Televizion seriyallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Ism Izohlar Mnb.
2018 Bigg Boss Marathi 1 Musobaqa ishtirokchisi

(3-oʻrin)

[6]
Assal Pahune Irsaal Namune Ayollar kuni uchun maxsus
2019 Ekdam Kadak Bigg Bossning sobiq finalchisi [7]
Bigg Boss Marathi 2 BB mehmonxona vazifasida mehmon sifatida [8]

Veb-seriyallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Seriya Rol Mnb.
2020 Sanam Hotline Shivani [9][10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sai Lokur: Biography & Birthday | eTimes“. timesofindia.indiatimes.com. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  2. „Sai Lokur enjoys Easter egg designing; shares her childhood memory with fans - Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
  3. „How is life after Bigg Boss Marathi? We ask Sai Lokur | Marathi Movie News - Times of India | Life, Times of india, Celebrity gossip“ (inglizcha). Pinterest. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
  4. „Bigg Boss Marathi finalist Sai Lokur ties the knot with Tirthadeep Roy“. The Times of India (30-noyabr 2020-yil). [sayt ishlamaydi]
  5. „Kapil Sharma Gets Fit for debut film Kis Kisko Pyar Karu“. web.archive.org (7-dekabr 2014-yil). 7-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  6. „Bigg Boss Marathi: Aastad Kale and Sai Lokur evicted from the show? - Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
  7. „'बिग बॉस १'चे स्पर्धक 'या' मंचावर एकत्र“ (mr). Maharashtra Times. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
  8. „Bigg Boss pulls off a prank on housemates; introduces Sai Lokur as a wild card entrant - Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
  9. „Hungama Play launches 'Sanam Hotline', a new original comedy show in Marathi and Hindi“ (inglizcha). bestmediainfo.com. Qaraldi: 9-dekabr 2020-yil.
  10. „Sanam Hotline: Pushkar Jog Turns To Web Comedy With This Web Series“ (inglizcha). spotboye.com. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]